Birinchidan, jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida ixtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang‘ich nodavlattizimlarini o‘z ichigaqamrab olgan insoniy birlikdir
Birinchidan, jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida ixtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang‘ich nodavlattizimlarini o‘z ichigaqamrab olgan insoniy birlikdir;
Ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy, ma’naviy, ahloqiy, diniy, ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir;
Uchinchidan, erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarningturli davlat organlari taziqlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyat bo‘lib, unda ular o‘zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi – insonning yalpi huquqlari kafolatlanadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan jamiyat tuzilishi. Bunda har bir fuqaro, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi o‘z ixtiyori bilan fuqarolikdan chiqishi mumkin. Fuqarolikdan chiqmoqchi bo‘lganlar oldiga ma’lum shartlar qo‘yiladi, ya’ni ular davlat, jamoa, fuqarolar oldida hech qandan majburiyati qarzdor yoki davlat va harbiy sirlardan voqif bo‘lmasligi kerak. Agar fuqarolikdan chiqishni iltimois qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa yoki unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo‘lgan sud hukmi bo‘lsa, u fuqarolikdan vaqtincha chiqarilmaydi. Quyidagi hollarda O‘zbekistonfuqarosi fuqaroligini yo‘qotadi4:
1) Chet davlatda harbiy xizmatga, havfsizlik idoralari xizmatiga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati idoralariga ishga kirsa.
2) Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi 5 yil davomida uzrli sababsiz konsullik hisobida turmasa.
3) Fuqarolikni soxta hujjatlar taqdim etib olgan bo‘lsa.
Fuqarolikdan chiqarish O‘zbekiston Prezidenti vakolatiga kiradi.
Hozirgi kunda jamiyatning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Farovonlik (mo‘l-ko‘llik) jamiyati: - (Ko‘proq G‘arbda Skandinaviya davlatini misol keltirish mumkin).
2.Iste’mol qilish jamiyati (AQShda XX asr 40-50 yillarda yuzaga kelganligi bilan harakterlanadi).