3.Ochiq va yopiq jamiyat. Ochiq jamiyat – demokratik jamiyat bo‘lib tashqi muhit sharoitlarida osono‘zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‘tmoqqa moslashgan jamiyat. Yopiq jamiyat – dogmatik – avtoritar rejim asosida bo‘lib, sehrli (matik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan harakterlanadi
ADABIYOTLAR
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. http://press-service.uz/uz/lists/view/1371.
2. Mirziyoyev Sh.Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – T.: «O‘zbekiston», 2017 yil.
11.Xolbеkov. A.J. Boshqaruv sotsiologiyasi (o‘quv qo‘llanma). –Toshkеnt: Akademiya, 2007.
12. Ubaydullaеva R.A., Ota-Mirzaеv O.B. va boshq. Sotsiologik tadqiqotlar amaliyoti (O‘quv-uslubiy qo‘llanma). –T.: «Ijtimoiy fikr», 2001.
13. Farfiеv B.A., Nurullaеva U.N. Sotsiologiya tarixi. (Uslubiy qo‘llanma). T.: Univеrsitеt, 2009.
IV B O B. JAMIYAT HAYOTINING ASOSIY SOHALARI
17-§. Ma’naviyat sohasi*
Jamiyat a’zolari uning asosiy jihatlarining tashuvchilari bo‘lgan kishilar ichki dunyolarida bir tomondan o‘zlariga tegishli, ikkinchi tomondan esa umumijtimoiylikni ifodalagan eng oddiy his-tuyg‘u, hayajon, hissiy bilish, tajriba, odatlardan tortib ruhiyatning oliy bosqichi darajalari va ko‘rinishlari qadriyatlarigacha joylaydilar. Ma’naviyat deb ataladigan ichki tuzilma kishilar moddiy borlig‘iga muqobildir. Ma’naviy hodisalar takror hosil etib turishlikni taqozo etadi. Bular tegishli sohalar qadriyatlari bo‘lib, o‘z navbatida madaniyat umumiy tizimi tarkibiga kiradilar. Madaniyat kishilarning va ular mansub bo‘lgan jamiyatning keng ma’noda olingan bilish, axloq-odob, adabiyot va san’at, falsafa, huquq, din va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Bu hodisalar mavjudligi bilan bog‘liq holda tegishli tashkilotlar va muassasalar faoliyati ham ma’naviylik kasb etadi. Barcha holatlarda bularning ma’naviy mohiyati borliq to‘g‘risidagi axborotlardan nechog‘lik xabardorligini taqozo etadi. Aniqrog‘i, jamiyatda axborotlar muayyan tarzda yig‘iladigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan soha ma’naviyat sohasidir. Inson shunday tuzilganki, u «sof holda» olingan axborotni shunchaki qayd etib qolmaydi, balki undan foydalanadi. Bu axborotning moddiy tashuvchisi miyada joylashgan bo‘lib, inson uning borligini bilsa-da, lekin his eta olmaydi. Ziyolilar alohida ijtimoiy guruhni, so‘ngroq qatlamni tashkil etadi. Ular kasbiy jihatdan asosan murakkab aqliy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Ayni vaqtda, ular faoliyati ma’naviy-amaliy xarakter ham kasb etishi mumkin. Masalan, ma’naviy qadriyatlarni taqsimlash, tarqatish va iste’mol masalalari muayyan mutaxassislarning nazorati bo‘lishligini taqozo etadi. Ziyolilar – ma’naviyat yaratuvchilari Ma’naviyatning mazmuni
Ijtimoiy voqelikni ma’naviy-axloqiy o‘zlashtirish mavjud jamiyatda amalda bo‘lgan huquqiy, axloqiy, diniy va hokazo me’yorlar tizimi doirasida amalga oshadi. Agar huquqda bular davlat hokimiyati, jamoa tashkilotlari tomonidan belgilangan va nazorat qilinadigan, shuningdek, ilgaridan davom etib kelayotgan an’anaviy me’yorlar bo‘lsa, axloqda boshqacha tarzda mavjuddir. Unda jamiyat tomonidan kishilarning ezgulik, adolat, burch, sha’n va bularning muqobillari to‘g‘risidagi axloqiy bilimlariga muvofiq belgilanadi va jamoatchilik fikri kuchi bilan nazorat qilinadi. Dinda bulardan farqli o‘laroq ijtimoiy me’yorlar kishilarning Olamni, shu jumladan, kishilarning o‘zini ham yaratgan xudo to‘g‘risidagi tasavvurlarga tayanadi. Ziyolilar qadimda aytarli badavlat bo‘lmagan erkin fuqarolardan, undan keyingi asrlarda bir qismi mehnatkash ommaning, shu jumladan, kambag‘al tabaqaning ham iqtidorli vakillaridan yetishgan. Bunday hol kishilik jamiyati tadrijining keyingi bosqichlarida ham garchi saqlangan bo‘lsa-da, ammo ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan katta ijtimoiy ehtiyoj tufayli ziyolilar safi tobora keng xalq ommasi vakillari hisobiga to‘lib bormoqda. Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan davlatlarda ziyolilar mavjud ko‘pchilik – O‘rta qatlamning asosiy qismini tashkil etadilar va xizmat ko‘rsatuvchi barcha sohalarda ularning soni tobora oshib bormoqda. Bunda ta’lim tizimining o‘rni, ahamiyatining qanday bo‘lishi, o‘z-o‘zidan, ravshandir. Hozirgi jamiyatda yuksak bilimli, o‘ziga ishongan, mas’ul qarorlar qabul qilishga tayyor, zamonaviy texnika va texnologiyadan zarur darajada xabardor mutaxassisni faqat maxsus tayyorlash mumkin. Masalan, Shvetsiyada bu maqsadda har bir o‘quvchiga individual yondashiladi. Mamlakat bo‘yicha har 9 o‘quvchiga bitta o‘qituvchi to‘g‘ri keladi. Yoki Germaniyada texnik ta’lim ko‘zdan kechirilsa, ma’lum bo‘ladiki, bu yerda rasman ma’lumot olish uchun 4 yildan kam bo‘lmagan vaqt ajratilgan. Lekin talabalarga chuqur mutaxassis bo‘lish uchun 6–7 yil o‘qish berilgan. Chunki firmalarga diplom egalari emas, balki mutaxassislar kerak, shunga ko‘ra talabalar vaqtni qizg‘anmasdan ixtisoslik egallaydilar. Zamonaviy ta’lim tashkiliy-huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasida eng yuksak talablar darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Endigi vazifa mas’uliyat bilan mutaxassislar tayyorlashdan iborat. ikkinchi bo‘lim. jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli
18-§. Iqtisodiyot sohasi
Keng ma’noda kishilarning o‘z moddiy sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha faoliyat turlari yig‘indisiga iqtisodiyot deyiladi. Ana shu faoliyat turlari insonning boshqa jonzotlardan farqini ko‘rsatadi. Inson tabiatdan oladiganlari bilan cheklana olmaydi. Unda ilgari bo‘lmagan mahsulotni inson ehtiyojiga moslab yaratish lozim bo‘ladi. Inson tabiatga ta’sir etish uchun tana kuchlarini harakatga keltirib, o‘z hayotining doimiy va zaruriy asosi hamda sharti bo‘lgan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishni amalga oshiradi. Bunda bir tomondan inson bilan tabiat o‘rtasida yuz beradigan modda va quvvat almashuvining, inson mehnatining ilk mahsuli, ikkinchi tomondan esa inson mehnatining dastlabki vositasi bo‘lgan ish qurolidan ham foydalaniladi. Inson quvvatining nechog‘li oqilona sarf etilganligi mehnat unumdorligining darajasini belgilaydi. Uning unumdorligini oshirish vazifalari tufayli ilk mehnat taqsimoti – chorvachilik kelib chiqqan, hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Qadimdan hozirgacha mehnat taqsimotining ko‘pdan ko‘p shakllari yuzaga kelgan. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘linishi va o‘tmishda chorvadorlar ovulidan dehqonlar qishlog‘i, undan shahar ajralib chiqqan. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishning texnologiyaviy va tashkiliy jihatlarini kuchaytirmasligi mumkin emas edi. Ishlab chiqarishda fan va amaliyot talablari asosida ta’sir etuvchi usul – bu texnologiyadir. Ushbu ta’sir muayyan texnika (lotinchada «texnika», «mahorat», «san’at» ma’nolarini anglatadi) yordamida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning tashkiliy jihatlari – bu mehnat faoliyatini turli ko‘rinishlarda yo‘lga qo‘yish, uning texnologiyaviy, tarmoq, hududiy taqsimlanishi, mehnatning ixtisoslanishi, shirkatchilik va hokazolarni ifodalaydi. Texnika taraqqiyoti fandagi chuqur o‘zgarishlarsiz yuz bermaydi. Hozir esa bu o‘zgarishlar bir vaqtning o‘zida yuz beribgina qolmay, balki sifat xususiyatlariga ham ega bo‘lgani uchun fan-texnika inqilobi (FTI) deb atalmoqda. Namoyon bo‘lishiga ko‘ra FTI o‘zining hozirgi bosqichida mikroelektronika, biotexnologiyaning rivojlanishi, yalpi kompyuterlashtirish va hokazolardan iborat bo‘lmoqda. Ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bulardan birinchisi ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida kelib chiqadigan munosabatlarni ifodalasa, ikkinchisi mulk munosabatlarini aks ettiradi. Mulk tushunchasi inson o‘ziga tegishli bo‘lgan narsalar, shu jumladan, o‘zining hayotini, jismoniy va ma’naviy kuchlarini tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgandagina yuzaga keladi. Mehnat unumdorligi Texnologiya Fan-texnika taraqqiyoti ikkinchi bo‘lim. jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli
19-§. Ijtimoiy soha
Ruhiyat, shu jumladan, irodaga ega bo‘lgan kishilar iqtisodiy faoliyatidan tashqari ham muayyan tarzda birikib hududiy (ovul, qishloq va shahar o‘rtasidagi farqlar), demografiyaviy (aholining jinsi, yoshi, kasb-kori va hokazo jihatlari), etnik (el-elat va millat bilan bog‘liq), sinfiy (tipik holda ko‘proq Yevropaga oid) jihatlarda ijtimoiy faoliyat alohida sohani – ijtimoiy sohani namoyon etadi. Ijtimoiy soha ikki – keng (butun jamiyatga tegishli) va tor (jamiyat hayotining muayyan sohasi) ma’nolarida farqlanadi. Ikkinchi holda «ijtimoiy soha» tushunchasi yuqoridagi tuzilmalardan tashkil topganlik ma’nosida qo‘llaniladi1 . 1 «Ijtimoiy soha» atamasi yanada torroq sohani, masalan, ijtimoiy himoya qilish, nafaqa ta’minoti va hokazolarni ham anglatishi mumkin. Ijtimoiylik tashkil etuvchilari iV bob. jamiyat hayotining asosiy sohalari Hududiy umumiylikning barqaror ijtimoiylik kasb etishi kishilarning muayyan ma’muriy hududlardagi hayot tarziga aloqador bo‘lib, tegishli ravishda, masalan, bizning mamlakatimizga tatbiqan ovul, qishloq va shaharlardagi mulkchilik, hokimiyatni tashkil etish shakllari, xilma-xil infratuzilmalar faoliyati bilan bog‘liqdir. Demografiyaviy omil ijtimoiy sohaga tug‘ilish, o‘lim, jinslar nisbati, jins va yosh tarkibini o‘rganish, aholi ko‘payishi darajalarini hisobga olish bilan, shuningdek, bu tarmoqqa doir boshqaruv institutlari faoliyatlari orqali tegishli bo‘ladi. Ishtimoiy soha tarkibiga kirgan etnik shakllarning o‘zi xiyla katta mazmunni tashkil etadi. Ulardan urug‘ dastlabki ijtimoiy umumiylik (birlik) hisoblanadi va ijtimoiy tarixning uzoq davom etgan ibtidoiy jamoa davriga to‘g‘ri keladi. Urug‘lar tadriji natijasida qabila umumiyligi hamda qabilalar ittifoqi qaror topadi. Ular, o‘z navbatida, keyingi umumiyliklarning – elat va millatning paydo bo‘lishiga zamin hisoblanadi. Hozirgi sharoitlarda millatlararo va davlatlararo munosabatlarning tig‘izlashuvi jarayonida alohida umumiylik sifatida xalq shakllanmoqda. Tipik holda aholining ko‘proq Yevropaga oid olinganidagi sinfiy tabaqalanishi ijtimoiy soha tuzilmalarida muhim o‘rin tutadi. Sinflarning mavjudligi, dastavval, mulkchilik shakllari va ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog‘liq. Hozirgi rivojlangan davlatlarda sinfiy farqlanish avvalgi o‘tkirligini yo‘qotib bormoqda. Zero, uning o‘rnini ijtimoiy qatlamlardagi bilim darajalari, mavjud hokimiyatga munosabatlari, yashash tarzlarining o‘xshashligi singari belgilariga ko‘ra ajralib turadigan ijtimoiy guruhlar egallamoqda. O‘z navbatida, ijtimoiy guruhlar kishilarning ijtimoiy ahamiyatga molik mezonlarga ko‘ra farqlangan istagan tarzdagi birligidir. Bu jihatdan yondashganda ijtimoiy maqomni – insonning jamiyatdagi o‘rnini, ahvolini ham farqlash lozim bo‘ladi. Buni quyidagi misolda – ayni bir odamni turli jihatlardan olib ko‘rish mumkin: kasbi – o‘qituvchi; yollanib ishlab o‘rtacha ish haqi oluvchi – iqtisodiy belgi; 50 yoshdagi erkak – demografik ko‘rsatkich; siyosiy partiya a’zosi – ijtimoiy pozitsiya va hokazo. Ijtimoiy sohani yuqorida qarab chiqilgan tashkil etuvchilari qatoriga yana ishlab chiqarishning muayyan tarmoqlarida band bo‘lgan mehnat jamoalari, shuningdek, fermerlar, turli tarzdagi ijarachilar, savdo sohasi Mehnat jamoalari ikkinchi bo‘lim. jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli dallollari (brokerlari) va boshqalarning egallagan ijtimoiy maqomidan kelib chiqib qo‘shish mumkin. Savodxonligi, ma’lumoti darajasi (masalan, boshlang‘ich, o‘rta yoki oliy) va xarakteriga ko‘ra ijtimoiy-kasbiy (konkret kasb, aqliy va jismoniy mehnat egalari) maqomiga binoan farqlanish ham aholining muayyan qismi sifat holatini ifodalaganligiga ko‘ra ijtimoiy sohaga mansub hisoblanadi. Kishilarning yuqoridagicha farqlanishi, agar ular oladigan daromadlari darajalariga (yashash minimum doirasida o‘rtacha yoki yuqori daromadga ega bo‘lganlar) bog‘liq holda belgilansa, bu ham ijtimoiy sohaga tegishli bo‘ladi. Jamiyat hayotining ijtimoiy sohasi tarkibi haqida gapirganda nikoh va oilani chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Zero, nikoh huquqiy shartnoma bo‘lib er-xotin, bolalar va qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila esa nikohga, qon-qardoshlikka, maishiy hayot umumiyligiga, axloqiy va o‘zaro yordam mas’uliyatiga asoslangan kichik guruh, alohida ijtimoiy institutdir.
20-§. Boshqaruv va siyosat sohasi
Boshqaruv o‘zida jamiyatni muayyan maqsadlar tomon yo‘naltirish, tarkibiy unsurlarini takomillashtirish hamda rivojlantirishini ta’minlashni ifodalaydi. Boshqaruv, o‘z navbatida, ikkiga: stixiyali (masalan, an’ana, odat, bozor munosabatlari va h.k.) va o‘z-o‘zini ongli (masalan, oilaviy munosabatlarda) boshqaruvga bo‘linadi. Ikkinchi xil boshqaruv ham ikki ko‘rinishga ega. Birinchisida majburiylik obyektiv ravishda jamiyat yoki uning muayyan qismlari obyektiv ehtiyojlari bilan yuzaga kelsa, ikkinchisida maxsus yaratilgan tashkilotning vazifasi majburiylikni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Har qanday boshqaruvning oliy nuqtasi hokimiyatdir. Hokimiyatning umumiy doirasi ichida katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy hokimiyat shakli farqlanadi. Siyosiy hokimiyat yuzaga kelishi bilan bog‘liq holda jamiyatning siyosiy sohasi tashkil topadi. Endi siyosatda o‘z ifodasini topmaydigan ijtimoiy hodisaning o‘zi bo‘lmaydi. Bu soha markazida davlatga nisbatan munosabat yotadi. Uni quyidagicha ta’riflash mumkin: davlat – bu insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishining mahsuli, xalqlar va millatlar hayotining huquq va qonunga asoslanib tashkil etilgan shaklidir. Davlat va huquqning bog‘liqligi uch asosiy jihatni – birlik (o‘zlarining kelib chiqishidagi o‘xshashlik va funksional umumiyliklari), o‘zaro farq (birinchisi kuch-qudratni, ikkinchisi esa irodani ifodalaydi) va o‘zaro ta’sirni (davlat tomonidan huquq qonun sifatida yaratiladi, o‘zgartiriladi, huquq esa davlat faoliyatini qonuniylashtiradi, uning amal qilish chegaralarini belgilaydi) o‘z ichiga oladi. Hozirgi zamon ijtimoiy qadriyatlari nuqtayi nazaridan davlat hokimiyati orqali olib borilgan boshqaruvda ikkita umumiy jihatni ko‘rish mumkin: Birinchidan, davlat paydo bo‘lishi bilan kishilar hayotini tashkil etish va uni boshqarishning tarixan mavjud bo‘lgan tamoyillari asosida yangi shakllari qaror topdi. Ikkinchidan, davlat mavjudligi sharoitlarida behisob vayronagarchiliklar keltirgan minglab urushlar, butun-butun xalqlarning qirilib ketishi, mustamlakachilik va boshqa ko‘pgina dahshatli voqealar ham yuz berdi. Davlatchilikni rivojlantirish bilan siyosiy boshqaruvning murakkab tartiboti maydonga keladi. Bunda, eng avvalo, jamiyatning siyosiy sohasida yuzaga keladigan siyosiy tashkilotlar turkumi, masalan, partiyalar nazarda tutiladi. Siyosiy partiya – bu jamiyat ma’lum qismi manfaatlarini ifodalab, ularni hokimiyat ishlarida qatnashishi yoki davlatni qo‘lga kiritish orqali amalga oshirishni ko‘zlagan hamfikrli kishilarning uyushgan guruhidir. Uning kurtaklari juda qadimga borib taqaladi. Hozirgi maqomdagi siyosiy partiyalarning dastlabki ko‘rinishlari Yevropada XVII–XVIII asrlarda ro‘y bergan inqiloblar bilan bevosita bog‘liqlikda yuzaga keldi va xalq vakolatchiligini ifodaladi. Hozirgi vaqtda siyosatga xalq ommasining tortilishi munosabati bilan siyosiy partiyalarning roli oshib ketdi hamda ular siyosatning asosiy subyektlaridan va demokratik davlat zarur unsurlaridan biriga aylandi. Buni davlatning vakolatli organlariga o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etish (nomzodlar tavsiya etish, saylovoldi targ‘iboti, saylov komissiyalari ishida qatnashish va hokazo) da ko‘rish mumkin. Davlat ham partiyalarni qonun yo‘li bilan (partiyalarning siyosiy tizimdagi o‘rni va roli belgilashi; ularning tashkil etilishi va faoliyatining to‘xtatilish tartibi, shartlari; dasturlari va mafkurasiga doir talablar; partiyalarning moddiy-iqtisodiy bazasining belgilanishini va hokazo) nazorat qiladi. Partiyaviy tizim odatda ko‘ppartiyaviylik (demokratiya mavjudligida) va bir partiyaviy (totalitar davlatlarda) ko‘rinishidan iborat.
21-§. Ijtimoiy institutlar
Murakkab tuzilma bo‘lgan jamiyat ichida harakatlanuvchi kuchlar shunday darajada o‘zaro bog‘liqki, ularning alohida olingan har bir xatti-harakati oqibatlarini oldindan ko‘rish iloji yo‘q. Shunga ko‘ra, sotsiumning qaysi darajasida olinishidan qat’i nazar mavjudligi va rivojlanishi uning a’zolari – kishilar faoliyatining shakli bo‘lgan ijtimoiy institutga bog‘liq bo‘ladi. «Institut» atamasi fanda ko‘p ma’nolarda va ko‘p o‘rinlarda qo‘llaniladi. Ijtimoiy institut kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning xattiharakatlarini tartibga soluvchi, jamiyatda barqarorlikni ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Odatda eng muhim, eng zarur darajadagi institutlarga oilaviy, siyosiy, iqtisodiy, ta’limiy va diniy tuzilmalar kiradi. Hozirgi rivojlangan jamiyatlar sharoitida fan qadriyatlari tobora muhim ahamiyat kasb etib borgani sari uning standartlarini ham institut jumlasiga kiritish mumkin. Insoniyat tarixining har bir bosqichi o‘zidan oldingisidan institutlarning soni va salmog‘ining oshib borishi bilan tavsiflanadi. Buni hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan institutlar ko‘lami misolida, ayniqsa, yaqqol ko‘rish mumkin. «Institut» atamasi ikkinchi bo‘lim. jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli Tashkilotlar, muassasalar hamda kishilar xatti-harakati barqaror shakllarini belgilaydigan me’yorlarning yig‘indisi va bu me’yorlarga muvofiq keladigan fe’l-atvor tizimi ijtimoiy institutlar tarkibini tashkil etadi. Bular yordamida kishilarning turli o‘rinlarda va darajalarda ijtimoiy almashuvi sodir etiladi. Har bir institutning o‘z maqsadi, unga erishishni ta’minlovchi aniq vazifalari va alohida maqomi bo‘ladi. Ijtimoiy institut bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar xilma-xildir. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy munosabatlarni takror hosil etish va mustahkamlab qo‘yish vazifasi.
2. Institutsiyaviy jarayonlar natijasida yuz beradigan o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro mas’uliyat va jipslashuvga erishish – birlashtirish vazifasi.
3. Tarbiyaviy vazifa – ijtimoiy tajribani yoyish orqali institut chegarasini kengaytirish, uning a’zolarini ko‘paytirishga erishish maqsad etib qo‘yiladi.
4. Kishilarga turli axborotlarni yetkazish orqali jamiyat ravnaqiga xizmat qilishga qaratilgan – kommunikativ vazifa.
Ijtimoiy institutlar tizimida nisbiy mustaqil holda tashkilotlar farqlanadi. Odatda tashkilot deganda muayyan me’yorlar va qoidalar asosida manfaatlarni, maqsadlarni va dasturlarni hamkorlikda amalga oshiradigan kishilar uyushmasi tushuniladi. Butun boshqa jihatlardan ham uning ma’nolari, xususan, ijtimoiy tuzilmaning unsuri, u yoki bu guruh faoliyatining ko‘rinishi, muayyan tizimning ichki unsurlari tartiboti va hokazolar farqlanadi. Kishilik jamiyatidagi tuzilmalar uzoq vaqt davomida urf-odatlar ta’sirida rivojlanib kelgan. Kishilarning ko‘pgina ehtiyojlari tegishli tarzda oziq-ovqat tayyorlash, bolalar tarbiyasi, ish vaqti va bo‘sh vaqtda oilada hamda qarindoshlar, qo‘shnilar davrasida qondirilgan. Hozirgi jamiyatlarda kishilar ilgariga qaraganda ko‘p jihatlardan o‘zaro bog‘lanib ketishgan. Ularning juda ko‘p va xilma-xil ehtiyojlari bevosita amalga oshiriladigan aloqalar orqali qondiriladi. Tomonlarning shaxsan bir-birini bilishi talab etilmaydi. Ba’zan bunga masofaning uzoqligi sabab bo‘lsa-da, lekin mehnat taqsimoti asosiy omildir. Bunday sharoitlarda tashkiliy ishlar va alohida tashkilotlarga bo‘lgan zaruriyat o‘z-o‘zidan tushunarlidir. Tashkilotning rasmiylashuvi, ya’ni, tuzilishi, yaratilishi bilan ilgaridan mavjud konkret jamoa guruhi ko‘rinishini oladi. Albatta, bu hamfikrlilar, ishqibozlar yoki biron-bir obyektiv tarzda uyushganlar va hokazolar jamoasi, ya’ni, tashkilotidir. Tashkilotlar tabiati, bajaradigan vazifalari, qo‘llaydigan usullari va hokazolariga ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1. Rasmiy tashkilotlar me’yorlar, maqomlar va aloqadorliklarning ijtimoiy shakllanishi natijasida inson hayotidagi istagan voqea – tug‘ilish, nikoh yoki o‘lim va hokazolar albatta qayd etiladi. Bu maqsadda tegishli hukumat idoralari faoliyat yurutadi.
2. Norasmiy tashkilotlar – shaxslar yoki ularning guruhlari o‘rtasida o‘z-o‘zidan yuzaga chiqadigan munosabatlar tizimini ifodalaydi.
3. Rasmiylikdan tashqari tashkilotlar – masalan, sport ishqibozlarining, pochta markasi to‘plovchilarning va boshqalarning tashkilotlari. Ayrim rasmiy tashkilotlar byurokratik tizimga jiddiy darajada moyilligi bilan ajralib turadi. «Byurokratiya» (aynan ma’noda «muassasa» va «boshqaruv») atamasi 1745-yilda birinchi marta fransuz ijtimoiyotshunosligida de Gurne tomonidan amaldorlarning hokimiyati ma’nosida qo‘llangan. Byurokratiya bir tomondan samarasizlik, sarf-xarajatdorlik, qog‘ozbozlik kabi illatlarni bildirsa, boshqa tomondan, muayyan kishilar nazarida tashkilot ishini yo‘lga qo‘yishda samarali ishlash, aniqlik, puxtalik modelini ham anglatadi. Masalaga oqilona yondashilsa, haqiqat bu qarama-qarshilikning o‘rtasidadir. Yuqoridagilarning hammasi jamiyat hayotining asosiy sohalarini tashkil etibgina qolmay, ular o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi.