Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi reja


Oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarish



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə5/7
tarix27.03.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#90522
1   2   3   4   5   6   7
Jamoa haqida umumiy tushuncha

Oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarish – bu pedagoglar tomomnidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda oʻquvchilarni faol ishtirok etishidir. Oʻz-oʻzini boshqarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yigʻilishi, konferensiyasi hamda turli komissiyalar faoliyati muhim oʻrin tutadi.
Oʻquvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa an’analari – bu barqarorlashgan odat boʻlib, ularni jamoa a’zolari birdek qoʻllab-quvvatlaydilar. Jamoa an’analari mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga boʻlinadi:
1) Kundalik faoliyat an’analari;
2) Bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari oʻquvchilarning oʻquv faoliyati (oʻzaro yordam) hamda mehnat faoliyati (koʻchatlar oʻtkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Bayram an’analariga turli voqyea hodisalar bilan bogʻliq sanalarni nishonlash, xususan, «Mustaqillik bayrami», «Navroʻz bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar kiradi. An’anaviy bayramlar oʻquv muassasalarda turlicha oʻtkaziladi. Oʻquvchilar an’analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda boʻlsa ta’sir kuchi yuqori boʻladi.
An’analarni yuzaga kelishida oʻquvchi-yoshlarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishi borasida quyidagi andozaning yaratilishi ta’minlanadi.

1-shakl. Shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlar.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin:
1. Jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi boʻlib, u ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, umumiy maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Jamoa oʻzida bir necha xususiyat (belgilar)ni namoyon etadi.
2. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga boʻysinadigan, uzoq muddatli, murakkab dinamik jarayon boʻlib, koʻpchilik pedagoglarning e’tirof etishlaricha, toʻrt bosqichli jarayonda qaror topadi.
3. Jamoani shakllantirish oʻziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qoʻyilishi jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
Jamoaning mustahkam boʻlishi a’zolari oʻrtasida oʻzaro yordam, hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:
Jamoa – lotincha «kollektivus» soʻzining tarjimasi boʻlib, yigʻilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi. Jamoa kishilardan iborat guruh hisoblanadi.

Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin