Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi reja


Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə3/7
tarix27.03.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#90522
1   2   3   4   5   6   7
Jamoa haqida umumiy tushuncha

Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faollarining pedagog talablarini qoʻllab-quvvatlashi hamda oʻz navbatida uning oʻzi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qoʻyishi bilan tavsiflanadi. Endilikda pedagogik jamoada paydo boʻlgan va u bilan bogʻliq boʻlgan muammo, masalalarni yolgʻiz oʻzlari hal qilmaydilar. Jamoa faollari bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga ularni jalb etadi. Jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni jamoa oʻz-oʻzini boshqarishga oʻtadi.
Tarbiyalanuvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini oʻquvchilar tomonidan muttasil rejalashtirishi, tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik, uni oʻtkazish hamda faoliyat natijalarni muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususiyatini koʻrsatuvchi omillar sanaladi.
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida faoliyat motivlari (ragʻbatlari)ning paydo boʻlishi, ijodiy hamkorlik va oʻzaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faollarining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, namuna boʻlishi, oʻz burchini aniq va puxta bajarishi hamda oʻz mavqyelarini suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu oʻrinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «Jamoa vijdoni» Deya bergan ta’rifini eslab oʻtish joizdir. Jamoa faollari bir muncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega boʻlsa-da, ayni paytda uning oʻziga oshirilgan talablarning qoʻyilishi maqsadga muvofiqdir.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda toʻxtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat koʻrsatayotgan kuch jamoaning bir qismi xolos. Bordi-yu jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda toʻxtatib qolinsa, jamoa faollari guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qoʻyish xavfi tugʻilishi mumkin. Mazkur bosqichda jamoa moddiy va ma’naviy imkoniyatlarini toʻplab, mustahkamlanib va boyib borar ekan, shaxsning har tomonlama ulgʻayishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni sekin-asta yaratib beradi.
Bu esa ikkinchi bosqichni – jamoa shaxsni har tomonlama kamolga yetkazishni obyektiv shakli asosida boshlashini taqozo etadi. Bunda boshlangʻich davr bekor ketmaydi, faqat salbiy joʻshqinlikka emas, balki ijobiy joʻshqinlikka ham ega boʻladi. Bir tomondan, u qiyinchiliklarga tayyorlanish imkonini beradi, bolada oʻz-oʻzini anglash va oʻzini idora qilishga intilishni tarbiyalaydi. Ikkinchi tomondan, bu bosqichni amalga oshirish kishini har tomonlama ulgʻayishi uchun zarur boʻlgan amaliy va ma’naviy munosabatlar tizimi vujudga keladi.

Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin