Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan muayyan talab qo’yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga xos yo’nalishi (masalan o’yindan umuminsoniyat baxti yo’lida kurashishiga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. To’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o’rnini pasaytirmaydi.

To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo’yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. Bugungi kunda o’qituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni qo’yidagi uch bosqichga bo’ladilar: a) jamoani dastlabki jipslashtirish; b) jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish; v) jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo’yish. Jamoa hayotida muhim o’rin tutuvchi har bir bosqichni ajratib ko’rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta’kidlaydi. A.S.Makarenko jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko’rsatgan edi: