Jamoatchilik bilan hamkorlikda oldini olishda



Yüklə 427,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix21.07.2023
ölçüsü427,41 Kb.
#137062
1   2   3   4   5   6
o-zbekiston-respublikasida-yo-l-transport-hodisalarining-jamoatchilik-bilan-hamkorlikda-oldini-olishda-mah...ichki-ishlar-vazirligining-hududiy-jamoat-xavfsizligi-xizmatlarida-mahallabay-ishlash-tizimini-tashkil-etish-yo-nalishlari

ǀ
ISSUE 3 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 369
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil oktabr oyidagi 
ko‘rsatmasi asosida 2022 yil yanvar oyidan respublikamiz hududlaridagi hududiy ichki 
ishlar organlarida yo‘l-transport hodisalarining olishning mahallabay tizimini joriy 
etildi. Ushbu ko‘rsatma bilan ichki ishlar organlarida yo‘l harakati xavfsizligini 
taʼminlash samaradorligini oshirish hamda joylarda yo‘l-transport hodisalarining 
oldinini olishning mahallabay tizimini joriy etish maqsadida yo‘l-patrul xizmati 
inspektorlarining profilaktika inspektorlari bilan hamkorligi tizimli tashkil etildi. 
Hududiy ichki ishlar organlaridagi yo‘l-patrul xizmati inspektorlari hududdagi yo‘l-
transport hodisalari, ularda vafot etgan va tan jarohati olganlarning salmog‘i yuqori 
bo‘lgan mahallalarga biriktirib chiqilib, ularga quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari 
belgilab berildi: 
- hududdagi yo‘l-transport hodisalarida vafot etgan va tan jarohati olganlarning 
salmog‘i yuqori bo‘lgan mahallalarga biriktirilgan yo‘l-patrul xizmati va profilaktika 
inspektorlarining mahalla hududida harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l-transport 
hodisalarining oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi xizmat vazifalari ishlab chiqilib, 
yo‘l-transport hodisalari har bir mahalla hududida tahlil etilib, sabablari aniqlangan 
holda ularni oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar belgilash; 
- mahallalarga biriktirilgan yo‘l harakati xavfsizligi xodimalari haftada kamida bir 
marotaba maxallalarda bo‘lib, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda yo‘l-
transport hodisalari tahlili asosida ularni oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli 
ishlar amalga oshirilgan holda profilaktika inspektorlari bilan birga mahalla hududida 
harakat xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq barcha muammolarni tizimli ravishda 
o‘rganib borib, ularni hal etish choralari ko‘rib borish; 
- bunda mahalla hududidagi maktabgacha taʼlim, maktab, o‘rta maxsus va oliy 
taʼlim muassasalari, bozorlar va boshqa aholi gavjum bo‘ladigan joylar, yo‘llarning 
serqatnovligi, tirbandligi va shu kabi omillar inobatga olish; 
- har bir mahallaga biriktirilgan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi hamda 
hudud profilaktika inspektorida yo‘l-transport hodisalari tahlili aks ettirilgan mahalla 
xaritasi, mavjud yo‘llar, aholi va transport vositalari soni, maktabgacha taʼlim, maktab, 
o‘rta maxsus va oliy taʼlim muassasalari, bozorlar, aholi gavjum bo‘ladigan joylar 
to‘g‘risida yig‘ma jildlar shakllantirilib, har bir xodimda bo‘lishi taʼminlash; 
- mahallaga biriktirilgan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hudud 
profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda o‘rnatilgan tartibda mahalla ichki yo‘llari 
va ko‘chalarni ko‘rikdan o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 
tegishli idoralarga taqdimnoma va axborotnomalar kiritib borilib, uning amalda 
bajarilishini ushbu xodimlar tomonidan nazoratga olish; 
- mahalla hududida sodir bo‘lgan har bir yo‘l-transport hodisasi chuqur tahlil 
etilib, mahalla va jamoatchilik ishtrokida muhokama etilgan holda targ‘ibot va tashviqot 
ishlari kuchaytirish. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 427,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin