SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 3
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 365
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING
JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIKDA OLDINI OLISHDA
MAHALLANING O‘RNI VA ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING HUDUDIY
JAMOAT XAVFSIZLIGI XIZMATLARIDA MAHALLABAY ISHLASH
TIZIMINI TASHKIL ETISH YO’NALISHLARI
Xasan Ilxomovich Axmedov
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona viloyat Ichki ishlar
boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi yo‘l-
patrul xizmati Maxsus otryad komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
ANNOTASIYA
Ushbu maqola bugungi kunda dolzarb hisoblanib, u mamlakatimizdagi sodir
bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining mahalla miqiyosida jamoatchilik bilan
hamkorlikda oldini olish masalalariga bag‘ishlanadi.
Kalit so‘zlar:
yo‘l-transport hodisasi, yo‘l-transport hodisasini oldini olish,
jamoatchilik, mahalla, mahallabay ishlash, ko‘chalarning yoritilishi, ichki ishlar
organlari, yo‘l patrul xizmati xodimlari, profilaktika inspektorlari.
O‘zbekistonda yil sayin transport vositalarining soni va yo‘llarda harakatlanish
jadalligi o‘sib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l-
transport hodisalaring oldini olish, fuqarolarimiz hayoti va sog‘ligi, mol-mulklarni
himoya qilish yuzasidan samarali tadbirlarni amalga oshirish, sodir etilgan
hodisalarning oqibatlarini kuchaytirib, bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish
lozimligini taqazo etmoqda.
Ichki ishlar vazirligining 2021 yil uchun yo‘l-transport hodisalari qurbonlari soni
bo‘yicha rasmiy maʼlumotlarida, O‘zbekistonda 2426 kishi yo‘l-transport hodisalari
qurboni bo‘lgan, bu kuniga o‘rtacha 6 nafarni tashkil etadi. 1150 holatda haydovchilar
piyodalar o‘tish joyida odamlarni urib yuborgan. Yo‘l-transport hodisalarini asosan hali
30 yoshga to‘lmaganlar sodir etgan.
2021 yil davomida O‘zbekistonda 10001 ta yo‘l-transport hodisasi rasman qayd
etilgan, 2426 kishi halok bo‘lgan, 9230 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, eng ko‘p baxtsiz hodisalar Farg‘ona viloyatida –
1469 ta, Toshkent viloyatida – 1336 ta va Samarqandda qayd etilgan – 1129 ta. Undan
keyin Namangan viloyatida – 1082 ta, Toshkent shahrida - 1073 ta, Andijon viloyatida
– 848 ta, Qashqadaryo viloyatida 552 ta, Qoraqalpog‘iston - 506, Buxoro viloyati - 436,
Surxondaryo viloyati - 376, Xorazm viloyati - 342, Navoiy viloyati - 329, Jizzax
viloyati - 321 va Sirdaryo viloyatida kuzatilgan - 202 ta.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Dostları ilə paylaş: |