6.5.3.7 Alohida ijtimoiy guruhlar va qatlamlar bilan ijtimoiy ish: Ijtimoiy guruhlar va qatlamlar, ularning ijtimoiy hayotdagi o’rni. Turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning dolzarb muammolari. Alohida ijtimoiy guruhlar va qatlamlar (ayollar, bolalar, qariyalar, imkoniyati cheklanganlar, ishsizlar, deviant xulqlilar)da ijtimoiy ish olib borishning usullari va yo’nalishlari. Turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarda ijtimoiy munosabatlarni o’rganish dinamikasi. Ijtimoiy guruhlarning shaxsga tarbiyaviy ta`sir ko’rsatishi; Ijtimoiy ishda tibbiyot kontseptsiyasi va tibbiy xuquqlarning asoslari. Bolalar himoyasi va oila siyosati; jamiyatda ayollarning o’rni; oila va bolalar xuquqlarining me`yorlarini; davlatning qariyalar to’g’risidagi siyosatining asosiy yo’nalishlarini; imkoniyati cheklanganlarga hamda deviant xulqlilarga ijtimoiy ko’mak berishning o’ziga xosliklarini; Inson huquqlari kontekstida ayollar huquqi; ayollar huquqi to’g’risida xalqaro konventsiya; ayollarga nisbatan har-xil turdagi kamsitish iboralarini qo’llash to’g’risidagi konventsiya (CEDAW). Ayollarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish. Ayollar bilan ishlaydigan tashkilotlarning shakllari. O’zbekiston Respublikasida bandlik siyosati va ishsizlar bilan ijtimoiy ish olib borish; turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning tarbiyaviy va psixologik tamoyillari; oilani rejalashtirish; oilaning ijtimoiy himoya tamoyillari; bolalar, ayollar, qariyalar, nogironlar, ishsizlar va deviant xulqlilar o’rtasida ijtimoiy ishning o’rni; ijtimoiy ishning alohida ijtimoiy guruhlar va qatlamlarga nisbatan qo’llanilishida soha sifatidagi zamonaviy yutuqlari. Ijtimoiy ishning yoshlar o’rtasidagi ahamiyati va o’rni. YOshlar muammolarining echimini topishda ijtimoiy ishning o’rni. O’zbekiston yoshlari o’rtasida ijtimoiy ish tizimining xuquqiy me`yoriy asoslari. O’zbekiston yoshlarining konstitutsion huquqlari.
6.5.3.8 Ijtimoiy psixologiya: Umumiy psixologiya faning predmeti, ob`ekti va maqsad vazifalari; umumta`limda psixologiya yo’nalishi; kontseptual va tarixiy shakli; inson psixikasi va organizmi harakati va faoliyati, psixikaning o’rni va ahamiyati; inson psixikasini tushunishga umumiy yondashuv. Anglash jarayoni: his qilish va sezish, e`tibor, xotira, so’zlash va fikrlash, tasavvur qilish; Ijtimoiy ishning psixologik asoslari; ijtimoiy psixologiyaning ilmiy bilimlar tizimidagi o’rni; ijtimoiy psixologik g’oyalarning tarixiy shakllanish jarayoni; ijtimoiy psixologiya tadqiqotlarida ijtimoiy muammolarning o’rni; guruhli muammolar va ijtimoiy psixologiya; katta ijtimoiy guruhlarda psixologik tadqiqotlarning printsipial jihatlari; O’spirinlar psixologiyasining predmeti va vazifalari; shaxsning psixologik rivojlanishida ontogenezisning me`yorlari; rivojlanishning bosqichlari: psixoanalitik, hatti-harakat nazariyasining rivojlanishi; yoshlar psixologiyasi, o’smirlik yoshidagi psixologiya, etuk yoshdagilar psixologiyasi (akmeologiya), qariyalar va qarilik psixologiyasi, (gerontopsixologiya). Psixotashxizning (psixodiagnostikaning) maqsad va vazifalari; psixologik konsul’tatsiyaning ijtimoiy ish xodimlarining professional faoliyatidagi o’rni; psixologik konsul’tatsiyaning maqsad va vazifalari hamda uning klassifikatsiyasi.