Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi


Ta`lim dasturlarining tadbiq etilishi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə26/36
tarix22.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#146729
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
7.2 Ta`lim dasturlarining tadbiq etilishi
5520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlash ta`lim dasturi rivojlantiruvchi o’qitish, axborot texnologiyalari va o’qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanilgan holda tayyorlashning ushbu yo’nalishi bo’yicha akkreditatsiya qilingan oliy ta`lim muassasalarida amalga oshirilishi kerak.
Talabalar xorijiy tillarni o’zlashtirishi, xorijiy tillarni o’qituvchilar o’qitishi hamda buning uchun zarur bo’lgan sharoitlar yaratilishi bakalavrlarni tayyorlashda bosh vazifa bo’lishi kerak.
Malakaviy amaliyotlar zamonaviy korxonalarda, tashkilotlarda va ITIlarda o’tkaziladi, ular talabalarni amaliyot dasturlarida ko’zda tutilgan ish joylari bilan ta`minlashlari kerak.
O’qish davrida talaba kamida ikkita Davlat attestatsiyalarini (gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy va chet tili fanlaridan) topshiradi va bitiruv malakaviy ishini himoya qiladi. Davlat attestatsiyasi mos integrallashgan kurslar bo’yicha o’quv jarayoni tugallangandan keyin topshiriladi.
7.3 Malakaviy amaliyotlarni tashkil etish talablari
Amaliyotlar bakalavriat asosiy ta`lim dasturining majburiy bo’lagi hisoblanadi. Amaliyotlar o’quv yoki o’quv-ishlab chiqarish mashg’ulotlari ko’rinishida bo’lib, talabalarning kasbiy-amaliy tayyorgarlanganligiga bevosita yo’naltirilgan bo’ladi. Bakalavrlar tayyorlashning ta`lim dasturi – o’quv-tanishuv, ishlab chiqarish amaliyotlarini o’z ichiga oladi.
O’qishning birinchi yilida o’quv-tanishuv amaliyoti o’tkaziladi, maqsad – o’qiyotganlarni oliy ta`lim muassasasi, O’zR FAning ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa davlat va nodavlat ilmiy muassasalari laboratoriyalarining mavzulari va ularda ilmiy-tadqiqotlarni tashkil qilish hamda talabalarni mos yo’nalishdagi muassasalarga ishga joylashtirish imkoniyatlari bilan tanishtiriladi. Amaliyot natijasi va hisoboti baholash me`zonlari asosida baholanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti ta`labalarni ijtimoiy ish yo’nalishida olgan nazariy bilimlari bo’yicha amaliy ko’nikmalarini egallashga mo’ljallangan. Amaliyotni o’tkazish muddatlari o’quv rejasi bilan aniqlanadi. Amaliyot tugagandan so’ng talabalar bajarilgan ish haqida amaliyot o’qituvchilari-rahbarlari va qabul qiluvchi tashkilot vakillaridan tarkib topgan komissiya oldida hisobot berishadi. Baholash shakli o’quv rejasida belgilanadi.
Talabaning ilmiy-tadqiqot ishi amaliyotning bir bo’lagini tashkil qilishi mumkin. Ilmiy-tadqiqot ishi bitiruvchilarda kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish va mustahkamlashga ko’maklashadi. U bitiruvchini 8 semestrda kafedraning ilmiy ishida albatta ishtirok etishini, kurs ishlarini kasbiy (maxsus) tsiklning bazaviy fanlari mavzusi bo’yicha bajarilishi va himoya qilinishini, talabalarning talabalar ilmiy jamiyati yo’nalishi bo’yicha ilmiy ishda ishtirok etishini va bitiruv malakaviy ishni kafedraning ilmiy mavzusi bo’yicha bajarilishini nazarda tutadi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishining tashkil qilinishi quyidagilar bilan ta`minlanishi kerak:
- kurs ishlarining har yili yangilanadigan mavzulari haqida o’qiyotganlarni o’z vaqtida xabardor qilish;
- kadrlar tayyorlovchi fakul’tet (kafedra)ning ilmiy mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi uchun laboratoriyalarda o’qiyotganlarni ish joyi bilan ta`minlash;
- oliy ta`lim muassasasining axborot resurs markazida mustaqil ilmiy-tadqiqot ishni olib borish imkoniyatini taqdim etish;
- talabalar ilmiy jamiyatining konferentsiyalarini tashkil qilish;
- talabalar ilmiy konferentsiyasi g’oliblariga mamlakatning boshqa oliy o’quv yurtlariga ma`ruzalar bilan chiqish imkoniyatlarini taqdim etish.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin