Jamoatchilik kengashi


FILOLOGIYA  Annotatsiya: M



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix23.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#80254
1   2   3   4   5   6   7
ilovepdf merged (1)

FILOLOGIYA 
Annotatsiya: Maqola o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiya 
sohasi doirasida amalga oshirilgan tadqiqot ishlarini yoritishga qaratil-
gan.
Kalit so‘zlar: til, madaniyat, etnomadaniyat, antropologiya
lingvokulturologiya, frazeologik birlik, o‘xshatish, metafora, lakuna.
Аннотация: Cтатья направлена на освещение научно-ис-
следовательских работ, проводимых в области лингвокульту-
рологии в узбекском языкознании.
Ключевые слова: язык, культура, этнокультура, антропо-
логия, лингвокультурология, фразеологизм, сравнение, мета-
фора, лакуна, 
Аnnotation: The article is aimed at highlighting the research 
works carried out in the field of linguo-cultural studies in Uzbek lin-
guistics.
Key words: language, culture, ethnoculture, anthropology, lin-
guoculturology, phraseological unit, simile, metaphor, lacuna, lexical 
O‘
zbek tilshunosligida keyingi yillarda til va madaniyatning bir-biri-
ga uzviy bog‘liqligiga oid bir qancha tadqiqot ishlari vujudga kel-
di. Xususan, professor A.Nurmonovning “Lingvistik nisbiylik va 
lingvistik determinizm nazariyalari haqida mulohazalar” [1:10-29] deb nomlan-
gan maqolasida til va madaniyat mushtarakligiga taalluqli mulohazalar keltiril-
gan. Tilshunos ushbu manbada lingvistik nisbiylik nazariyasi asoschilari B.Uorf 
va E.Sepirlarning til va tafakkur madaniyatning shakli ekanligi to‘g‘risidagi qa-
rashlarini e’tirof etgan holda tillar o‘rtasida umumiy jihatlar ham mavjudligini 
qayd qilib o‘tadi: “Har bir tilda xalqning ruhi, milliy madaniyati, o‘ziga xos dun-
yoni ko‘rish, idrok etish tarzi namoyon bo‘lishi bilan birga, tillar o‘rtasida obraz 
yaratishdagi shunday umumiy jihatlar borki, bular umuminsoniy tafakkur mah-
suli sifatida yuzaga chiqadi” [2:15]. Shuningdek, olim til va madaniyat borasida 
o‘z nuqtayi nazarini bildirib shunday deydi: “…til va madaniyat o‘zaro bog‘liq va 
ayni paytda farqli hodisalardir. Til va madaniyat munosabatida tilning roli katta. 
Har bir xalqning o‘ziga xos etnomadaniyati uning tili orqali ifodalanadi. Lekin 
obyektiv borliqda ana shu etnomadaniyat mavjudligi uchun u tilda o‘z ifodasini 
topadi. Demak, til va madaniyat munosabatida ham obyektiv borliq – ong – til 
munosabati amal qiladi” [3:18]. Haqiqatan, muallif to‘g‘ri qayd qilganidek, o‘z 
tiliga ega har qanday xalqning azaliy etnomadaniyati tilda aks etishi tabiiy. 
Ana shu etnomadaniyatning mavjudligi beixtiyor til va madaniyat aloqadorligini 
ta’minlaydi. Demak, madaniyatning mavjud bo‘lishi uning til orqali voqelik kasb 
etishiga yo‘l ochib beradi. 
Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik paradigma asosi-
ga qurilgan bir qancha dissertatsiyalar yuzaga kelganligini ta’kidlash muhim. 
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TIL VA 
MADANIYAT YAXLITLIGI MASALASI

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin