62
Ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy jurnal
2022-yil, 5-6-son (39)
tavsiflangan. O‘zbek tili metaforalarining antropot-
sentrik jihatlarini o‘rganish Sh.T.Maxmaraimova dis-
sertatsiyasida yetakchilik qiladi. G.T.Amonova esa
ingliz, rus va o‘zbek tillari misolidagi ijtimoiy-siyosiy
leksikaning lingvokulturologik tomonlarini ko‘rsatish-
ga asosiy e’tiborini qaratadi. F.Sh.Qodirova ingliz
va o‘zbek tillaridagi tasviriy san’at va dizaynga oid
terminlarning lingvokulturologik tadqiqini amalga
oshir gan. N.B.Kuldashova fransuz va o‘zbek tillarida
sport terminologiyasining milliy-madaniy jihatlarini
tahlil qilgan . M.A.Radjapovaning “Onomastik kom-
ponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy jihati
va tarjima muammolari (ingliz, o‘zbek va rus tillari
materialida)” dissertatsiyasi ham bevosita lingvokul-
turologik aspekt talablari asosida shakllantirilganligi
bilan diqqatga sazovor. Lingvokulturologiya doirasi-
da amalga oshirilgan dissertatsiyalar tartibini yana
davom ettiraverish mumkin edi. Ammo biz o‘zbek
tilshunosligida imkon darajasida o‘zimiz kuzatgan,
mazmun-mohiyati bilan tanishgan tadqiqotlarni
havola qilish bilan cheklanishni lozim deb bildik.
Xullas, muayyan xalq madaniyatining har qan-
day jihati uning tilida ifodalanadi. Til milliy qadri-
yatlarni kelajak avlodlarga meros bo‘lib qolishida vo-
sitachilik qiladi. Shunday ekan, til madaniy belgilarni
o‘zida saqlovchi va milliy mentalitetni namoyon qi-
luvchi birlik sifatida butun olam manzarasini milliy
qadriyatlar ketma-ketligi asosida gavdalantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: