O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI I BOSQICH PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALSIHI MAGISTRANTI
ZIYODULLOYEVA FARANGIZ JO’RABOY QIZINING "ZAMONAVIY KONSULTANTGA QO’YILADIGAN TALABLAR" MAVZUSIDAGI KURS ISHI Ixtisosligi –5A110900. – pedagogika va psixologiya
Topshirdi: F.Ziyodulloyeva Qabul qildi: _________________
CHIRCHIQ -2022 Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va Psixologiya yo’nalishi I bosqich magistranti Ziyodulloyeva Farangiz Jo’raboy qizining “Zamonaviy konsultantga qo’yiladigan talablar” mavzuidagi kurs ishiga T A Q R I Z Magistrant Ziyodullayeva Farangiz kurs ishda zamonaviy consultant haqida, uning zamonaviy talablariga to’xtalib o’tgan bo’lib, dunyoning eng rivojlangan davlatlaridagi psixolog-konsultantlar va ularning jamiyatda tutgan o’rni haqida keng yoritgan. Kurs ishi me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan mezon asosida yozilgan bo’lib, unda kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adaiyotlar ro’yhatidan iboratdir.
Kurs ishining ahamiyatlilik darajasi shundaki, magistrant talaba Farangiz Ziyodulloyeva dunyo hamjamiyatidagi talablar bizning mentalitet va insonlar hayotidagi salbiy va ijobiy taraflarini ikkiga bo’lib o’rganganligidadir. Zamonaviy konsultantga quyilaytgan talablar kundan-kunga murakkablashib va rivojlanib borayotganligi tufayli inslonlar hayotidagi ijtimoiylashuv ham ortib bormoqda. Jamiyatdagi o’zgarishlar esa bugun bu kasbga bo’lgan ehtiyojning yanada keng ko’lamga chiqishiga sabab bo’lmoqda. O’z kur ishida magistrant tadqiqotchi bu kabi masalalarga to’xtalib o’tgan bo’lib, obyektiv va subyektiv yodashish orqali talablarni me’yorlashtirish kerak degan g’oyani ilgari suradi.
Kurs ishida shuningdek, bir nechta stilistik va imloviy xatolarga yo’l qo’yilgan, ammo bu uning ilmiy ahamiyatlilik darajasini kamaytirmaydi. Ko’rsatib o’tilgan xatolarni bartraf etildi va uni Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Psixologiya kafedrasida ichki taqdimot uchun ruxsat berildi.