O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATISIYALAR VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI “TARIX “ KAFEDRASI “O`ZBEKISTON TARIXI “ FANIDAN KURS ISHI Mavzu:Amir temur davlati ichki va tashqi siyosati
MUNDARIJA KIRISH I BOB. AMIR TEMUR DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATIGA OID MANBA VA ADABIYOTLAR 1.1 Amir Temur davlati ichki va tashqi siyosatiga oid manbalar Amir Temur davlati ichki va tashqi siyosatiga oid adabiyotlar
II BOB AMIR TEMUR DAVLATI ICHKI SIYOSATI 2.1 Iqtisodiy sohada olib borilgan ishlar 2.2 Harbiy sohada olib borilgan ishlar 2.3 Madaniy sohafda olib borilgan ishlar III BOB AMIR TEMUR DAVLATINING TASHQI SIYOSATI 3.1 Osiyo davlatlari bilan olib borilgan tashqi siyosat 3.2 Yevropa davlatlari bilan olib borilgan tashqi siyosat XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Markaziy Osiyo mintaqasining o’ziga xos o’tmishi,
uning hududida ko’plab davlat birlashmalarining, xususan, buyuk Amir Temur
saltanatining tashkil topishi va taraqqiy etganligi, bu yerda sodir bo’lgan jarayonlarning jahon tarixidagi ahamiyati turli mamlakat tarixchilarining katta
qiziqishiga sabab bo’lmoqda. Bugungi kunda tarixiy meros, tarixiy xotiraning qayta tiklanishi nafaqat O’zbekiston Respublikasi rahbariyati va tarixchilarining, shu bilan birga keng jamoatchilikning diqqat e’tiborida bo’lib kelmoqda. Bu esa, O’zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan bir necha marta ta’kidlangan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari bilan belgilanishi tarix fani oldiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Mustaqillik yillarida O‟zbekiston olimlarining samarali tadqiqotlari natijasida milliy tariximizning ilgari noma‟lum bo„lgan sahifalari ochildi, tarixiy o‘tmishimizning ko‘p jihatlari kashf etildi. Tarixiy haqiqatni tiklash jarayonida zamonaviy yondashuvni talab qiladigan dolzarb muammolar mavjud bo„lib, ular qatoriga, davlatchiligimiz tarixida chuqur iz qoldirgan tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Shunday shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temur bo‘lib, “tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo„lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o'zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat bunyodkorlik, din va ma‟naviyat rivojiga keng yo’l ochdi” V. Rtveladze va A.X. Saidovlar tomonidan tayyorlangan “Amir Temur dunyo fani ko’zgusida” (“Amir Temur v zerkale mirovoy nauki nomli bibliografik nashrda chet tillarda chop etilgan Temur va uning davri tarixini o‘rgangan xorijiy adabiyotlarni tizimga solinishini mukammallikka yetkazishga harakat qildilar. Amir Temur hayoti, davri va davlatchilik faoliyatini tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etuvchi dissertatsiya ishlari himoya qilindi. Jumladan, Sh.O‘ljayevaning nomzodlik dissertatsiyasi XX asrning 50-60 yillarida Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligiga bag‘ishlangan bo‘lsa, D. Abidjanovaning “XX asr 60-90 yillari ingliz tarixshunosligida Movarounnahrda Amir Temur hukmronligi davri” mavzusidagi nomzodlik ishida Amir Temur davri tarixiga oid ingliz tilidagi adabiyotlarning tahlili amalga oshirildi.