Tarix “ kafedrasi “O`zbekiston tarixi “ fanidan kurs ishi mavzu: Amir temur davlati ichki va tashqi siyosati


I BOB AMIR TEMUR DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATIGA OID MANBA VA ADABIYOTLAR



Yüklə 105,49 Kb.
səhifə3/10
tarix24.05.2023
ölçüsü105,49 Kb.
#121248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AMIR TEMUR DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI

I BOB AMIR TEMUR DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATIGA OID MANBA VA ADABIYOTLAR


1.1 Amir Temur davlati ichki va tashqi siyosatiga oid manbalar

XIV asr ikkinchi yarmida, Chig`atoy ulusining janubi-g`arbiy qismini tashkil etgan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik yanada kuchaydi. Feodal tarqoqlikdan barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik bilan foydalandi va 1370 yili oliy hokimiyatni qo`lga oldi. U 1370-1379 yy. mamlakatdagi tarqoqlikni tugatib, Movarounnahr va Xorazmni o`ziga bo`ysundirdi. 1381-1402 yillarda Amir Temur qo`shni mamlakatlar ustiga yurish qilib, Eron, Kavkaz orti, Iroq, Kichik Osiyo va Hindistonni istilo qildi, Oltin O`rda xoni To`xtamishga (1376-1395) qaqshatqich zarba berib, uni poytaxti Saroy Berkani egalladi. Amir Temur va Temuriylar davlati mayda uluslarga bo`lingan holda idora qilindi. Amir Temur davrida davlat tepasida rasman Chingiz avlodidan bo`lgan Suyurg`atmish (1370-1380) va Sulton Mahmudxon (1380-1402) turdi. Keyinchalik xon ko`tarish tartibi bekor qilinib, oliy hukmdor o`zini podshoh deb e`lon qildi. Bu davrda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Nizomiddin Shomiy va Hofizi Abru, Sharafuddin Ali Yazdiy va Abdurazzoq Samarqandiy, Muhammad Mirxond va G`iyosiddin Xondamir kabi muarrix olimlarni, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Bisatiy Samarqandiy va Xoja Ismatilla Buxoriy, Shayx Ahmad Suxayliy va Kamoliddin Binoiy kabi juda ko`p iste`dodli shoir va olimlar yetishib chiqdi. Sobiq tarixshunoslik fanida Amir Temur faoliyatining faqat bir tomoni ya`ni uning jahongirlik faoliyati yoritildi. Mana endi mustakillikdan ilhomlangan respublikamiz tarixchi olimlari, keyingi 15 yil ichida sohibqiron Amir Temur haqida bir qancha ilmiy maqolalar e`lon qilishdi, kitob va risolalar chiqarishdi. O`zbek tilida ijod qila oladigan Bo`riboy Ahmedov, Ashraf Axmedov, Ahmadali Asqarov, Amriddin Berdimurodov, Abdulahad Muhammadjonov, Shodi Karimov, Rustambek Shamsutdinov, Turg`un Fayziev va shu kabi boshqa taniqli tarixchi olimlarimizning o`tmishimizdagi oltin davr – temuriylar davri haqidagi mehnatlari ayniqsa samarali bo`ldi. O`zbekiston tarixshunosligining bu yo`nalishida, 1992 yilda bir guruh olimlar, yozuvchilar, rassomlar va jurnalistlar tarafidan ta`sis etilgan «Amir Temur ma`rifiy jamiyati» muhim o`rin egalladi. Shu tufayli mustaqil O`zbekiston yurtboshisi o`ziga xos jasorat bilan Toshkentning yuragida sohibqironga haykal qo`ydirdi, 1996 yilni Amir Temur yili deb e`lon qildi. Vazirlar mahkamasi «Xalqaro Amir Temur jamg`armasini qo`llab-quvvatlash to`g`risida» va «Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida» qarorlar qabul qildi. Turkiy xalqlarning ilm-fan, madaniyat va san`at


sohalarida jahon sivilizatsiyasiga qo`shgan hissalari Amir Temur asos solgan temuriylar davlati bilan bevosita bog`liq. Shu ma`noda, jahon tarixnavisligida bu haqda qator ijobiy fikrlar aytilgan bo`lishiga qaramay, 1995 yilning sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Yelets shahrida «Rusning Temurdan qutqarilishining 600 254 yilligi» mavzusida qalqaro ilmiy konferentsiya o`tkazilishi taajubli bo`ldi. Chunki borgan sari ko`proq Temur shaxsining buyukligi, uni Sharq va Ovrupo tarixchilari buzib tahlil qilganliklari ravshan bo`lib boryapti.



    1. Yüklə 105,49 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin