Tarix “ kafedrasi “O`zbekiston tarixi “ fanidan kurs ishi mavzu: Amir temur davlati ichki va tashqi siyosati



Yüklə 105,49 Kb.
səhifə2/10
tarix24.05.2023
ölçüsü105,49 Kb.
#121248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AMIR TEMUR DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI

Kurs ishining maqsadi – O‘zbekiston mustaqilligi yillarida
Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni
tarixshunoslik doirasida ularning yo„nalishlari va mohiyatini tahlil etishdan iborat.
Shunga ko'ra, ishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
– mustaqillik yillarida sharqshunos olimlar tomonidan tarjimasi amalga
oshirilgan Amir Temur va Temuriylar davri yozma manbalarini o‘rganish, tahlil etish, ularning ahamiyatini ko’rsatish;
– mavzuga tegishli bo„lgan turli soha vakillari tadqiqotlarini umumlashtirish,
tizimga solish va yondashuvlarini ochib berish;
– Amir Temur siyosiy faoliyatiga oid ilmiy adabiyotlarning tarixshunoslik
tahlilini amalga oshirish;
Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid amalga oshirilgan tadqiqotlar, manbashunos va temurshunos tadqiqotchilarning mustaqillik yillardagi ilmiy izlanishlarda qayd etilgan fikrlar, qarashlar, yondashuvlar.
Kurs ishining nazariy va metodologik asosi. O‟zbekiston Republikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asarlarida o’zbek xalqining tarixi, madaniyati, ma’naviyatiga oid bildirilgan fikr va mulohazalari, xulosalari tadqiqotning metodologik asosini belgilashda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda birinchi marta mustaqillik yillarida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid O‟zbekistonda amalga oshirilgan turli xususiyatga ega tadqiqotlar tarixshunoslik doirasida yozma manbalari tarjimalari, ularning ahamiyatiga yangicha tarixshunoslik nuqtai nazardan baho berildi.
Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati.Kurs ishi materiallaridan Amir Temur tarixiga oid O‟zbekiston tarixi fanidan, tarixshunoslik o’quv fanlarida, maxsus kurslarda foydalanish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Amir Temur nomini tiklash va abadiylashtirish masalalariga katta e’tibor qaratdi. Bu yillar uning shaxsi va tarixini qayta tiklash yillari bo‘ldi. Amir Shaxsan men «Temur tuzuklari»ni har gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo’laman. O’z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo’ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko’p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, «Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir», degan so’zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon”.

Biroq, totalitor sovet davlatchiligi yillarida butun madaniy ma’naviy hayotda bo`lganidek, milliy qadriyatlarimiz tarixi ham sohtalashtirildi. Jumladan, Turkiston xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy hayotida muhim o`rin utgan vatandoshimiz, yirik davlat arbobi sarkarda, ulug` intellekt sohibi Amir Temur avlodlarga o`z javobini aytib qo`yganlar. Shunday ekan, miliy qadriyatlarimiz tarixini puxta bilish ajdodlarimiz ruhipoklarini xotirlash ularning qoldirgan madaniy, manaviy meroslari to`g`risida haqiqatni aytish biz avlodlar, millat farzandlari uchun farzdir. Tarixiy xotiraga ega inson – irodali insondir. Chunki, tarix xalq ma’naviyatining asosidir. Ulug` ma’naiyatli insondir har doim shaxsiy ehtiyojlarini cheklab o`tib, umumxaql manfaatlarini ko`zlab yirik davlat jamiyat ahamiyatiga molik tadbirlarni amalgam oshirishga qodir bo`ladilar. Sohibqiron Amir Temur ana shunday sharqona, islomiy aql-zakovatli, ulug` manaviyatli inson bo`lgan. Amir Temur manaviyatining ummoniyligi, tiniqligiyu dunyoviy, islomiy qadriyatlar qorishmasida mujassamlashganligidir. Amir Temurning manaviy komolotiga yoshlik va o`smirlik yillaridayoq asos qo`yilgan edi. Ul zotning ma’naviyati toboro qudratli ijtimoiy omilga aylanib borlanganligining asoslaridan biri hokimiyatga kelgunga qadar o`n yilgdan ko`proq vaqt davomida hech ikkilanmasdan Turkistonni xorijiy istilochilaridan, gayridinlardan tozalash va barcha murakkab mayday mulklarni yagona markazga birlashtirishdek ulug` maqsad sari dadil borganligidir. Amir Temur bu yillarda bir qancha murakkab harbiy, siyoiy vaziyatga duch keldi, istirob chekdi. Biroq hech qachon chekinmadi, maqsaddan qaytmadi.



Yüklə 105,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin