O`qituvchi va o`quvchilar she`riy usulda salomlashadilar:
1-o`quvchi: Adabiyot darslarida
Anglaydurmiz o`zimizni
2-o`quvchi: Ma`naviyat saboqlari
Ochadi qalb ko`zimizni
3-o`quvchi: Hozircha o`quvchimiz
Qanot bering uchishga
4-o`quvchi: Butun sinf tayyormiz
Ilm durin terishga.
Navbatchi o`quvchi sinf davomati ob-havo, bugungi kun yangiliklari haqida ma`lumot beradi.
Oktabr oyi bo’yicha muhim sanalar
1- oktabr
“Ustoz va murabbiylar” kuni
4-oktabr
“Davlat tili to’g’risidagi qonun” qabul qilingan kun
24- oktabr
Xalqaro BMT kuni .(1947 yil )
O’tilgan mavzuni so’rash: “ Tezyurar”metodidan foydalanaman.
Yangi mavzu bayoni Janni Rodari 1920-yil 23-oktabrda Italya shimolida Omenya shahrida tavallud topgan. Uning otasi Juzeppe Rodarining kasbi novvoy bo’lib, Jannining bolaligi “ olov jizillab turadigan tandir yonida,un va ko’mir solingan qoplar orasida kechgan. Janni bolaligida qo’g’irchoq yasovchi usta yoki rassom bo’lishni va boshqa qiziqarli kasblarni orzu qilgan edi. Yozuvchi 1980-yil 14-aprelda vafot etdi.
Ilk to’plami: ”Quvnoq she’rlar kitobi”
Hikoyalar turkumi: ” CHippolinoning sarguzashtlari “
“ Telefonda aytilgan ertaklar “
“ Jelsamino yolg’onchilar mamlakatida”
“Osmondagi tort”
“Televizorga kirib qolgan Jip”
“ Rim ertaklari”
“ Uchtadan oxiri bor ertaklar”
Mustahkamlash Ertakni sahna ko’rinishi orqali davom ettiring.
“Mozaika” usuli:
Maqolni to’g’ri joylashtiring. Insonga, avvalo, yaxshi ustoz darkor.
Chumchuq so’ysa ham……(qassob so’ysin)
Har kasbning o’z…………..(ustasi bor)
Usta ko’rmagan har maqomga ………..(yo’rg’alar)
Ustozsiz shogird- jonsiz………….. (kesak)
Ustoz ko’rgan……….( xat tanir)
Tikansiz gul bo’lmas, Mashaqqatsiz-………… ( hunar)
Baholash. Darsda ishtirokiga ko’ra o’quvchilar baholanadi.
Darsni yakunlash. O’quvchilar fikrini umumlashtirib yakunlayman.
Uyda vazifa: Janni Rodarining “Hurishni eplolmagan kuchukcha “ asari bo’yicha taqdimot yaratib kelish.
http://fayllar.org