Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari hamda Malaya arxipelagida joylashgan 10ta mamlakat kiradi. Ular II jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya va Gollandiyaning mustamlakalari bo‘lib kelishgan. Mazkur davlatlar 1989- yilgacha o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan. Eng oxirida esa 2002-yil 20-may kuni Sharqiy Timor mustaqil deb e’lon qilindi.
Mintaqa hududi 4,4 mln km2 bo‘lib, yer shari quruqlik maydoninig 3,1 % ini egallagan. Maydoniga ko‘ra eng yirik davlatlari: Indoneziya (1,9 mln km2 ), boshqa davlatlarning birortasining maydoni 677 ming km2 dan (Myanma) katta emas. Maydoning kattaligiga ko‘ra eng kichkinasi Singapur (0,6 ming yoki 620 km2 ) bo‘lib, uning maydoni Moskva shahari maydonining 2/3 qismiga teng. Singapur maydonining uzunligi 42 km, eni 22 kmni tashkil etadi. Singapurdan tashqari Bruney (6000 km2 ), Sharqiy Timor (15 ming km2) kabi kichik davlatlar ham joylashgan.
Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi avvalo mintaqaning barcha mamlakatlarini (Laosdan tashqari) dengiz bo‘yida joylashganligi;
mintaqa mamlakatlarining bir-biriga qo‘shni joylashganligi;
muhim dengiz yo‘lari boyida joylashganligi (masalan Singapur ham Sharqiy, ham G’arbiy darvoza deb hisoblanadi).
Janubi-Sharqiy Osiyo iqlimiy jihatidan ekvatorial va subekvatorial mintaqalarda joylashganligi uchun yog’in-sochin mo‘l. Shuning uchun o‘simliklarga ayniqsa o‘rmonlarga boy. Indoneziya va Filippin orollari birinchi darajali seysmik mintaqaga kirganligi uchun tez-tez kuchli zilzilalar bo‘lib turadi (masalan, 2004-yil 26-dekabrdagi sunamida 300 ming odam halok bo‘ldi) va harakatdagi vulqonlar ham anchagina(Apo, Karakatau, Slamet, Kerinchi).
Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi foydali qazilmalarga boyligi ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa, qalay, neft-gaz, volfram, nikel, xrom kabilar serob. Masalan: dunyoda xrom qazib olish bo’yicha Filippin 5-o‘rinda, nikel qazib olish boyicha Indoneziya 5-o‘rinda, Filippin 7-o‘rinda, mis qazib olish boyicha Filippin 8-o‘rinda
turadi. Malakka yarim oroli yerning qalay belbog’i nomini olgan bo‘lib, bu yerda yer sharidagi eng yirik qalay zahirasi joylashgan. Bruney sultonligi OPEK ga a’zo, Indoneziya esa kuzatuvchi5.
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining boshqarilish shakli va davlat tuzumi xilma-xil. Masalan: Vetnam, Laos, Myanma, Indoneziya, Filippin, Singapur kabi davlatlar respublika, Bruney, Malayziya, Kambodja, Tailand kabi davlatlar monarxiya shaklida boshqariladi. Myanma va Malayziya federativ davlat tuzilishiga ega.
Dostları ilə paylaş: |