2.1.2-jadval ASEAN mamlakatlari aholisining yosh tarkibi (2013 yil)
Mamlakatlar
|
Aholisi (mln.kishi)
|
65 yoshdan oshgan aholi soni (% da)
|
Umr ko’rish uzoqligi
|
Nafaqa yoshi
|
Erkaklar
|
Ayollar
|
Erkaklar
|
Ayollar
|
Bruney
|
0,3
|
3,2
|
75
|
79,7
|
55
|
55
|
Myanma
|
55,4
|
4,9
|
58,9
|
64,8
|
-
|
-
|
Indoneziya
|
222,7
|
5,5
|
67
|
70,5
|
55
|
55
|
Laos
|
5,9
|
3,7
|
55,3
|
57,8
|
60
|
60
|
Malayziya
|
25,3
|
4,6
|
71,9
|
76,5
|
55
|
55
|
Filippin
|
83,0
|
3,9
|
69,5
|
73,8
|
60
|
60
|
Singapur
|
4,3
|
8,5
|
77,6
|
81,3
|
55
|
55
|
Tailand
|
64,2
|
7,1
|
68,5
|
75
|
55
|
55
|
Vetnam
|
84,2
|
5,4
|
69,9
|
73,9
|
60
|
55
|
Kambodja
|
14,0
|
3,4
|
61
|
65,4
|
-
|
-
|
Manba: www.google.com/social security programs in Asia and Pacific U.S. Social Security administration/ ma’lumotlari asosida tayyorlangan
Hozirgi kunda “yangi industirial davlatlar”ning ko‘pchiligi milliy moliyaviy bozorlarni tashkil topishining birinchi bosqichidan o‘tib, liberallashtirishning ikkinchi bosqichiga qadam qo‘ydilar. Buning natijasida ushbu davlatlarda xalqaro moliyaviy munosabatlarni integratsiyalashuviga asos yaratildi. Kapital harakatining baynalminallashish jarayonlari hatto rivojlangan davlatlar orasida ham yakunlanishidan uzoqdir. Shuning uchun ham bu haqda rivojlanayotgan davlatlar to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi. Shunga qaramasdan, ba’zi bir “yangi industirial davlatlar” (Singapur va Gonkong) bu yo‘lda sezilarli qadamlar qo‘ydilar. Bunga, 70-yillarda yangi jahon iqtisodiyotida yangi xalqaro moliyaviy markazlarning hosil bo‘lishi va tez o‘sishini kiritish mumkin.
asr boshlarida Tayvan Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yirik moliyaviy-valyuta markaziga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Hozirgi kunda Osiyoning “YAIM”lari kredit-moliya operatsiyalarini o‘tkazish darajasi bo‘yicha London, Parij, Syurix kabi yirik moliya markazlari qatoriga chiqib, ularni ssuda kapitali bozoridan asta-sekin siqib chiqarmoqda.
Osiyo-Tinch Okeani mintaqasini “YAIM”larini iqtisodiy evolyusiyasining xarakterli tomonlaridan biri ularning bir-biriga bo‘lgan qiziqishining tobora ortib borayotganligidir. Sanoati rivojlangan G’arbiy Yevropa davlatlariga kapital yunaltirishning ustuvor tendensiyasi mintaqa va bir-biriga yaqin bo‘lgan submintaqalarda savdo-iqtisodiy hamkorliklarni olib borishligi bilan to‘ldirilmoqda. Ammo bu Osiyoning “YAIM”larining raqobatbardoshligini oshirishga e’tibor bermayabdi degani emas. Xullas, 90-yillarning o‘rtalarida tovarlarning raqobatbardoshligi bo‘yicha jahondagi birinchi beshlikda Singapur, Gonkong, Tayvan kabi davlatlar turgan edi.
2.1.3-jadval Osiyo va ASEAN mamlakatlari YaIMsining o’sish ko’rsatkichlari
Mamlakatlar
|
YaIM o’sishi (2011, %da)
|
YaIM o’sishi (2012, %da)
|
YaIM o’sishi (2013, %da)
|
Bangladesh
|
6,1
|
5,9
|
6,4
|
Bruney
|
1,9
|
3,2
|
1,6
|
Kambodja
|
6,1
|
6,2
|
6,4
|
Xitoy
|
9,2
|
8,2
|
8,8
|
Gonkong
|
5,0
|
2,6
|
4,2
|
Hindiston
|
7,1
|
6,9
|
7,3
|
Indoneziya
|
6,5
|
6,1
|
6,6
|
Laos
|
8,3
|
8,4
|
7,1
|
Malayziya
|
5,1
|
4,4
|
4,7
|
Myanma
|
5,5
|
6,0
|
5,9
|
Filippin
|
3,7
|
4,2
|
4,7
|
Singapur
|
4,9
|
2,7
|
3,9
|
Tailand
|
0,1
|
5,5
|
7,5
|
Vetnam
|
5,9
|
5,6
|
6,3
|
Manba: Xalqaro valyuta fondi, www.imf.org/actual data and projections/ ma’lumotlari asosida tayyorlangan
Bu davlatlarda qabul qilingan iqtisodiy strategiyaning asosiy yo‘nalishi – ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Mehnat talab va past rentabelli ishlab chiqarishlar “YAIM”larning “ikkinchi oqimida” turgan Xitoy va Vetnamga “topshirilmoqda”. Natijada bu ishlab chiqarishlarni bir paytlar sodir etgan sanoati rivojlangan davlatlardan birinchi avlod “yangi industrial davlatlar”ga ko‘chish jarayoni amalda qaytarilmoqda.
Shunday qilib, jahon iqtisodiyotida “YAIM”larni rivojlanishidagi qo‘lga kiritgan yutuqlari, jahon xo‘jaligiga integratsiyasi, iqtisodiy o‘sishining istiqbollari, aholining turmush tarzini o‘sishi ushbu davlatlarning iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy ekspansiyalarning roli yuqori darajada deyishga imkon beradi. XXI asrda ushbu davlatlar jahon iqtisodiyoti hukmronligida yuqoriroq o‘rinni egallab, yangi va muhim natijalarni namoyish etmoqda. Jahon Bankining bashorat qilishicha, yaqin 10 yillar mobaynida yillik o‘sishning o‘rtacha sur’atlari Janubiy Osiyoda 5,5% ni, Sharqiy Osiyoda 7,7% ni, Lotin Amerikasida 3,5% ni tashkil qilar ekan. 1996-2005 yillarda Sharqiy Osiyoda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning yillik o‘sishi 6,6% ni tashkil etib, o‘rta hisobda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yillik daromad yiliga 1,9% ga o‘sgan edi14.
Dostları ilə paylaş: |