Jarayondagi ahamiyati


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#146255
1   2   3   4   5   6   7
ta-lim-sohasidagi-islohatlarning-demokratik-jarayondagi-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
527 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga 
oshirilgan. SHu bilan bir qatorda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining 
o‘quv jarayonida qo‘llanilib kelinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil 
qilinganda tuzatilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar aniqlandi. Xususan, shu vaqtgacha 
ta’lim jarayoniga tadbiq etilib kelinayotgan o‘quv rejalarda fanlar bo‘yicha umumiy 
soatlar berilgan bo‘lib, laboratoriya, amaliy mashg‘ulot, kurs ishi, seminarlar, 
mustaqil ish uchun ajratilgan soatlar ko‘zda tutilmagan. SHu munosabat bilan amalda 
qo‘llanilib kelinayotgan o‘quv rejalarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish 
zaruriyati tug‘ildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimining maqsadini va mohiyatini yoshlar 
ongiga singdirish maqsadida o‘quv muassasalarida kasbga yo‘naltirish markazlari 
faoliyat ko‘rsatdi. Ular yil mobaynida umumta’lim maktab o‘quvchilari orasida 
sohaga oid tushuntirish, yo‘naltirish ishlarini olib bordi. Mamlakatimizda o‘tgan 
davr mobaynida 1200 dan ziyod akademik litsey va kasb-xunar kolleji bunyod 
etilgani, rekonstruksiya kilingani va zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari bilan 
taminlanganini, keyingi 10 yil davomida o‘rta maxsus, kasb-xunar va oliy talim 
tizimida 100 dan ziyod yo‘nalish, 265 ta mutaxassislik va 700 ta kasb buyicha 
professional talim olgan va zamonaviy va fikrlash saloxiyatiga ega bulgan bir million 
nafardan ortiq yangi avlod mutaxassislari tayyorlangan
4
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda mustaqil mamlakatning buguni va kelajagi muayyan 
ma’noda mamlakat ta’lim tizimining qay darajada rivoj topgani bilan belgilanadi. 
Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga etayotgan yoshlar 
kamoli bilan chambarchas bog‘liq. SHu ma’noda mamlakatimizni modernizatsiya 
qilish va demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni 
hal etishga qodir yangi avlod kadrlarni tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal 
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz darkor. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin