Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 526
w www.oriens.uz April 2021 yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash kichik usta
tayyorlash imkonini beradi. Lekin amalga oshirilayotgan ishlarni shu bugungi talablar
darajasida deb bo‘lmaydi. Masalan, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini pedagogik
kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasini, ularning mutaxassisligini o‘qiyotgan fanlari
bilan o‘zaro mosligi, o‘quv laboratoriya bazasidan, shu jumladan chet eldan
keltirilgan jixozlardan ta’lim jarayonida foydalanish darajasi, o‘quv-uslubiy
adabiyotlar bilan ta’minlanganlik, ishlab chikarish bilan aloqa va xamkorlik ishlari,
bitiruvchilarni ishga joylashtirish va ularning monitoringini olib borish, oliy ta’lim
muassasalari bilan o‘zaro xamkorlikni yanada takomillashtirish, qabul rejalarining
bajarilishi, kichik mutaxassislarga bo‘lgan extiyoj mavjudligi, yoshlarni kasbga
yo‘naltirish ishlari kabi qator muammolarni hal etish oldimizga bir qancha
kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni keltirib chiqaradi
Kasb-hunar kollejlarini bitirgan talabalarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga
joylashtirish muammolari mavjud. Buning uchun viloyat mehnat va aholini ijtimoiy
muxofaza kilish bosh boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘limlari, dehqon fermer
uyushmalari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ishni tashkil etish
maqsadga muvofiqdir.
Statistik ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak daslabki yillarda Qashqadaryo
viloyati misolida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini 2000 yilda 8654 nafar,
2001 yilda 14398 nafar, 2002 yilda 16699 nafar, 2003 yilda 11166 nafar, 2004 yilda
11391 nafar, 2005 yilda 13270 nafar, jami 2000-2005 o‘quv yillari 75578 nafar
talabalar bitirib chiqqan. SHulardan, 2000 yilda 5897 nafari (68%), 2001 yilda 10010
nafari (69,5%), 2002 yilda 9052 nafari (54,2%), 2003 yilda 7896 nafari (70,7%),
2004 yilda 8323 nafari (73,1%), 2005 yilda 9670 nafar (72,9%) talabalar ishga
joylashganlar. Agar o‘rta maxsus ta’lim muasasalari bitiruvchilarini oliy o‘quv
muassasalariga qabul qilinishini olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich 2000 yilda
361 nafar (4,2%), 2001 yilda 431 nafar (3%), 2002 yilda 787 nafar (4,7%), 2003 yilda
860 nafar (7,7%), 2004 yilda 1042 nafar (9,1%), 2005 yilda 1399 nafarni (10,5%)
tashkil etadi.
3
Kadrlar tayyorlash tizimidagi tarkibiy qismlardan yana biriga diqqatingizni
tortmoqchimiz. Gap ishlab chikarish xaqida borayapti. Afsuski, xali bu sohada
muntazam va samarali amaliyot yo‘lga qo‘yilgan emas. Ta’limni korxonadagi unumli
mehnat bilan shu jumladan, ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan
qo‘shib olib borish e’tibordan chetda qolgan.
3
ЎзР ЎМКҲТМ жорий архиви Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тизимида 2005 йил якунлари бўйича
амалга оширилган ишлар натижалари тўғрисида маълумот. 11-бет.