TOSHKENT DАVLАT STOMАTOLOGIYA INSTITUTI
Institut Kengashining 8-
sonli majlisida koʼriladigan maʼruzalarning
matni va qaror loyihalari
2022-yil 30 mart
Kun tartibi:
1. 2021-
2022 oʼquv yili kuzgi semestr natijalari va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish
chora-tadbirlari.
Maʼruzachi: O’quv ishlari bo’yicha prorektor t.f.d., dotsent S.R.Baymakov
2. Kuzgi semestr boʼyicha professor-oʼqituvchilar shaxsiy ish rejalarining bajarilish holati.
Maʼruzachi: Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlim boshligʼi t.f.d., dotsent U.N.Vohidov
3. Institut kasaba uyushmasi faoliyati
Maʼruzachi: Institut kasaba uyushmasi raisi t.f.n., dotsent A.A.Xasanov
4. Professor oʼqituvchilarni tanlov asosida lavozimga saylash.
5. Oʼquv-uslubiy ishlarni tasdiqlash
6.Turli
masalalar
1-masala. 2021-
2022 oʼquv yili kuzgi semestr natijalari va mavjud kamchiliklarni bartaraf
etish chora-tadbirlari.
Maʼruzachi: O’quv ishlari bo’yicha prorektor t.f.d., dotsent S.R.Baymakov
2021-
2022 oʼquv yili kuzgi semestr natijalarining tahlili va oʼquv jarayonini
takomillashtirish boʼyicha takliflar
Taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklari boʼyicha Davlat taʼlim standarti, malaka talablari,
oʼquv rejalar, ishchi oʼquv rejalar,
fan dasturlari, oʼquv-uslubiy majmualar bilan toʼla
taʼminlanganligi va oʼzaro
muvofiqligi
Bakalavriatura: 1 kurs:
2021/2022 oʼquv yili rejasi asosida tuzilgan modul dasturlari –
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2021 yil 16 iyulьdagi №311-sonli buyrugʼining 7-ilovasi,
hamda SSVning 2021 yil 31 avgust 217-
sonli buyrugʼining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan boʼlib,
kredit-modul
tizimida, bir kredit 18/36 (15/30) hisobida oʼqitiladi.
2 kurs: 2020/2021 oʼquv yili
rejasi asosida tuzilgan modul dasturlari SSVning 2021 yil 4 iyundagi 121-
sonli buyrugʼining 1-
ilovasi bilan boʼlib, kredit-modul tizimida, bir kredit 18/36 (15/30) hisobida oʼqitiladi.
3 - 4 kurs:
2018/2019 oʼquv yili rejasi asosida tuzilgan fan dasturlari - SSVning 2019 yil 12.09. dagi №231-
sonli buyrugʼining 1-ilovasi bilan; SSVning 2019 yil 25.04. dagi №107-sonli buyrugʼining 2-
ilovasi bilan tasdiqlangan; (ayr
im oʼz muddatida tasdiqlanmagan fan dasturlari SSVning 2018 yil
02.10. dagi № 564-sonli buyrugʼining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan boʼlib, talabalar 5 ballik tizimda
oʼqiydi.
5 kurs: 2017/2018 oʼquv yili rejasi asosida tuzilgan - SSVning 2019 yil 25.04. dagi
№107-sonli buyrugʼining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan fan dasturlari asosida oʼqitiladi.