Jarohat to’g’risida tushucha, turlari, belgilari-fayllar.org
Qon ketishi tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Tashqi qon ketishida teri qoplamlari va ko’rinib turgan shilliq pardalardagi jarohat orqali yoki bo’shliqlardan qon kelib turadi.Ichki qon ketishida to’qimalar, organ yoki bo’shliqlar qon bo’lib turadi, qon quyilishi deb shinga aytiladi. To’qimalarga qon quyilganda qon singib o’tib, ularni shishirib yuboradi, infiltrat yoki qontalash deb shunga aytiladi. Odamning ayniqsa bir yo’la har xil og’ir shikastlarga uchragan mahallarida birdan 1-2 litr qon yo’qotib qo’yishi o’limga olib kelishi mumkin.
3. Har qanday jarohat, hatto eng kichkinasi ham, shikastlangan odamning hayoti uchun xavf tug’diradi – u har xil mikroblar yuqtiradigan manba bo’lib qolishi mumkin, ba’zi jarohatlar esa bir talay qon ketib qolishiga sabab bo’ladi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish mahalida ana shu asoratlar oldini olishning asosiy yo’li jarohatga imkoni boricha ertaroq steril bog’lam qo’yib bog’lash, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish, qon ketishini toxtatishdir.
Aseptika va antiseptika to’g’risida tushuncha. Aseptika jarohatga mikroblar tushishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida ko’riladigan chora-tadbirlar majmuasidir. Shunday qilib, aseptika jarohat infeksiyasining oldini olish, profilaktika qilish metodi bo’lib hisoblanadi. Jarohatga uriladigan narsalarning hammasi steril bo’lishi kerak, degan asosiy qoidani bekamu ko’st bajo keltirish yo’li bilan unga erishiladi.
Antiseptika deb jarohatdagi mikroblar sonini kamaytirishga yoki ularni yo’q qilishga qaratilgan chora-tadbirlar sistemasiga aytiladi. Mexanik, fizik, kimyoviy va biologik antiseptika tafovut qilinadi. Mexanik antiseptika jarohatlarni birlamchi xirurgik obrabotkadan o’tkazishdan iborat. Fizik antiseptika mikroblarning yashab qolishi uchun jarohatdan noqulay sharoitlar yuzaga keltiradigan metodlarni tadbiq etishdan tashkil topadi—bu jarohatni quritish, unga drenaj qo’yish va jarohat suvi, selini oqib chiqib ketib turadigan qilib qo’yishdan iborat. Kimyoviy antiseptika mikroblarga qarshi har turli dori vositalarini ishlatishga asoslangan. Biologik antiseptikalar jumlasiga jarohat infeksiyasining profilaktikasi va davosi uchun ishlatiladigan antibiotiklar ishlatiladi.