Jarqo’ton manzilgohi



Yüklə 5,98 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü5,98 Kb.
#204924
Jarqo’ton manzilgohi


Jarqo’ton manzilgohi

Jarqo’ton manzilgohi

So‘nggi yillarda o‘zbek arxeologlari qadimgi Baqtriya hududida bronza davriga, yani mil.av. II ming yilliklarga oid bir qator yangi yodgorliklar topdiki, bu yodgorliklarning tashqi tuzilishi, topilayotgan moddiy madaniyat namunalarini Qadimgi Sharqdagi, jumladan Mesopatamiya, Xarappa, Markaziy Eronning bronza davri yodgorliklari moddiy madaniyati bilan taqqoslash imkoniyati tug‘ildi.


Jarqo‘ton yodgorligi 100 gektarga yaqin maydonni tashkil etadi. Bu yodgorlikda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida ilk shaharlarga xos bo‘lgan ibodatxona, hukmdorlar saroyi, mudofaa inshootlari, xunarmandchilik inshootlari, aholi yashaydigan uylar qoldiqlari va ko‘plab yuqori moddiy madaniyat namunalari topildiki, shu osori – atiqalar natijasida Jarqo‘ton yodgorligi Vatanimiz hududidagi eng qadimgi shahar xarobasi ekanligiga shubha qolmadi. U 3 gektarlik arki a’lo va keng hududdagi shahristondan iborat. Yodgorlikning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan ark 1-1,5 metr qalinlikdagi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Arkka kiradigan darvoza uning janub tomonida joylashgan. Ark ichida tosh to‘shalgan yo‘laklar qurilgan bo‘lib, shu yo‘laklar ark ichidagi saroy va uylarni bog‘lab turgan.
Jarqo`ton yodgorligida qazishma ishlari olib borildi3 . Qazishmalar natijasida Jarqo`tondan odam byusti yani portret janrida yasalgan odamning haykali topilgan. Haykal loydan yasalib quyoshda quritilgan ammo olovda kuydirilmagan shu bois haykal yaxshi holatda saqlanmagan. Shu davrga mansub haykallari asosan bronza davri qabrlaridan topilgan. Bazi qabrlardan marhum mayiti bo`lmasdan haykalchalar yoki qo`y suyagi qoldiqlari topilgan
Akademik A.A. Asqarov bunday xildagi
qabrlardagi dafnlar kenataf dafnlar deb ataydi, ya`ni qabiladoshidan biror kishi
bedarak yo`qolib qaytib kelmasa marhum qabriga uning mayiti o`rniga haykalcha
yasalib qabrga dafn qilingan yoki marhum chorva molidan birini olib qabrga dafn
qilingan4
. Jarqo`ton ibodatxonasining xo`jalik-xizmat qismidan ham Jarqo`tondan
odam haykaliga o`xshash, loydan yasalgan lekin, olovda kuydirilmagan ustidan qizil
bo`yoq sepilgan haykalchalar topilgan. Jarqo`ton yodgorligida alohida ibodatxona
inshoati va qabristonning paydo bo`lishi esa Sopolli madaniyatining Ko`zali davriga
to`g`ri keladi4
. Demak Jarqo`ton odam haykali Sopolli madaniyatining Ko`zali yoki
Mo`lali davrlariga tegishli bo`lishi mumkin va Jarqo`ton ibodatxonasining xo`jalikxizmat hunarmand ustalari tomonidan kenataf qabrlar uchun yoki boshqa diniy urfodatlar maqsadida tayyorlangan.
Jarqo`ton ibodatxonasining xo`jalik-xizmat qismidan ham Jarqo`tondan
odam haykaliga o`xshash, loydan yasalgan lekin, olovda kuydirilmagan ustidan qizil
bo`yoq sepilgan haykalchalar topilgan. Jarqo`ton yodgorligida alohida ibodatxona
inshoati va qabristonning paydo bo`lishi esa Sopolli madaniyatining Ko`zali davriga
to`g`ri keladi
. Demak Jarqo`ton odam haykali Sopolli madaniyatining Ko`zali yoki
Mo`lali davrlariga tegishli bo`lishi mumkin va Jarqo`ton ibodatxonasining xo`jalikxizmat hunarmand ustalari tomonidan kenataf qabrlar uchun yoki boshqa diniy urfodatlar maqsadida tayyorlangan.
Jarqo`ton portret haykali kuydirilmaganligi uchun, asl holicha saqlanmagan,
haykal sinib bo`laklarga bo`linib ketgan, quloqlari va burni sinib, sho`rlanish
natijasida yemirilib ketgan balki o`sha davr urf-odatiga binoan insonlar tomonidan
atayin sindirilgan bo`lishi ham mumkin
Jarqo`ton odam portretini yasagan usta haykaltarosh o`z davri uchun mohir bo`lgan, haykal simmetriya qonuniyatlari asosida yasalgan, yuz tuzilishini tasvirlashda real va hayotiy obrazlarga intilish seziladi. Burun va ko`zlar orasidagi masofa gorizantal holatda to`g`ri joylashtirilgan, ko`z, quloq, burun, og`iz, iyak qismlar vertikal holatda aniq joylashtirilgan. Ko`z shakli hayotiy, yumiq ko`z tasvirlangan, ko`z bilan qosh orasi ichkariga qarab biroz kirib ketgan, burun shakli tor va uzun, qirra burun shaklini ifodalaydi(3-rasm a). Og`zining lab qismi tasvirlanmagan lekin o`g`zini o`rtacha kattalikda ochirib qo`yibdi. Iyak qismi ham uzun og`ziga tog`ri moslashtirilgan lekin ustamiz ishlarida anatomik kamchiliklar ham yo`q emas. Haykalning peshona qismi nihoyatda qisqa qoshiga bosh qism birlashib ketgan. Yuz qismida yonoq suyaklari tasvirlanmagan yonoq o`rni ichkariga kirgizilib yuborilgan, boshning orqa tarafi pachoqlashib ketgan, shakl jihatdan yalpoqlashtirilgan(3-rasm b). Bo`yin qismi ham haykalning boshiga mos emas.
Jarqo`ton haykalida vafot etkan insonning real obrazi badiiylashtirilgan.
Haykalda anatomik tuzilishiga ko`ra yevrapoid qiyofali inson tasvirlangan
Bu davrda tegishli bo`lgan Sopollitepa va Jarqo`ton qabrlarning o`rganilishi natijasida Sopolli madaniyati aholisi antrapologik kelib chiqishi jihatidan yevrapoid irqining sharqiy o`rtayer dengizi tarmog`iga mansubligi aniqlangan va buni o`rganayotgan
haykalimiz ham antrapologik dalil sifatida tasdiqlamoqda2
Tasviriy san`at tarixida real obrazlarning haykaltaroshlikda ilk bor qo`llanishi bronza davri Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlari bilan bevosita bog`liqdir. Qadimgi ikki daryo oralig`idagi er.avv XXIV-XXII asrlarda Akkad podsholigi davri haykaltaroshligida real badiiylashtirilgan obrazlar ilk bor paydo bo`ladi va bu davr namunalarida inson obrazi hayotiy va anatomik aniq ifodalangan. Biz bu jarayonni Sargon I qadimiy portretida ko`rishimiz mumkin
E’tiboringiz uchun rahmat!
http://fayllar.org
Yüklə 5,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin