Bu guruh o`zbek millatiga mansub barcha insonlar tomonidan kundalik turmushda ishlatiladigan so`zlar guruhidir. Bu so`zlar guruhi qo`llanish doirasi chegaralangan leksika yokiumumxalq leksikasi deb yuritiladi.
Bu guruh o`zbek millatiga mansub barcha insonlar tomonidan kundalik turmushda ishlatiladigan so`zlar guruhidir. Bu so`zlar guruhi qo`llanish doirasi chegaralangan leksika yoki umumxalq leksikasi deb yuritiladi.
Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksikaning quyidagi xususiyatlari bor:
1. Bunday so‘zlardan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’i nazar o`zbek millatiga mansub barcha kishilar foydalanadi.
2. Bu so`zlarning ma’nosi hammaga tushunarli bo`ladi.
3. Bu so`zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so`z turkumlariga oid bo`ladi.
4. Bu so`zlarning ko`p qismini umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar tashkil etadi.
5. Boshqa tillardan kirgan so`zlar ham o`zbek xalqining barchasiga tushunarli bo`lsa, ular ishlatilish doirasiga ko`ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o`zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag`rur, xafa, maqol, hayot, millat, hikoya so`zlari; fors-tojik tilidan o`zlashgan go`sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so`zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, sirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so`zlar umumxalq tilida qo`llanadi.

Demak, qo`llanish doirasi chegaralanmagan so`zlar o`z qatlamga ham, o`zlashgan qatlamga ham oid bo`lishi mumkin.
Shuni aytish lozimki, umumxalq leksikasi har qanday til lug`atining asosini, yadroisini tashkil etadi. Bu leksika tarkib jihatidan barqaror bo`lib, hayotiy zarur bo`lgan tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi.