4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan, valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi. 5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan). Atamalarni quyidagi mezonlar bo`yicha tasnif qilish mumkin: - 4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan, valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi. 5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan). Atamalarni quyidagi mezonlar bo`yicha tasnif qilish mumkin:
- 1) qaysi sohaga oidligiga ko`ra:
- a) kasb-hunar atamalari ma’lum kasb yoki hunar egalari tomonidan ishlatiladigan atamalardir. Dunyoda qancha kasb yoki hunar bo`lsa, shularning har biriga xos bo`lgan atamalar mavjuddir. Ayrim kasblarga oid atamalarga misollar:
- - o‘qituvchilik: reyting, yillik baho, sinf jurnali, pedkengash, semestr, choraklik va h.
- - duradgorlik: randa, iskana, tesha, bolg`a va h.
b) ilmiy atamalar ma’lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni ifodalaydigan atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, matematik fanlarning barchasida mavjuddir. Masalan: - b) ilmiy atamalar ma’lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni ifodalaydigan atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, matematik fanlarning barchasida mavjuddir. Masalan:
- - kimyo: oksid, sulfat, reaksiya, valentlik, kislorod, vodorod va h.
- - matematika: sinus, kosinus, ayniyat, romb, parallelogram, teorema, aksioma va h.
- - mantiq: predikat, subyekt, obyekt, hukm, tushuncha va h.
- - kibernetika (yoki komputer texnologiyasi): EHM, axborot, fayl,disk, internet va h.
- 2) kelib chiqishiga ko`ra:
- a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bundatilning o`zida mavjud bo`lgan so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat, son, fe’l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, me’morchilikka oid pardoz, davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi, temirchilikka oid pesh, tana, yelka, charxdor, dam kabi atamalar bunga misol bo`la oladi.
Dostları ilə paylaş: |