Jarrohlik stomatologiya kafedrasi tarixi va faoliyati



Yüklə 165,82 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.10.2022
ölçüsü165,82 Kb.
#64931
jar-stom



ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI 
JARROHLIK STOMATOLOGIYA KAFEDRASI 
Kafedra mudiri
MUXAMMADYAXYO 
G’ULOMQODIROVICH
TESHABOEV 
E-mail: 
Teshaboyev2013@mail.ru
 
Tel: +99891 614-77-75 
Ishvaqti: 8:00 – 16:30.
Tel:
+998 90-543-46-94 
 
JARROHLIK STOMATOLOGIYA KAFEDRASI 
TARIXI VA FAOLIYATI
2014-yil 1-oktyabr kuni Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon 
filiali tarkibida Stomatologiya, jamoat salomatligi va klinik fanlar kafedrasi tashkil 
etilgan. 2015- yil sentabr oyida mazkur kafedra ikkiga bo’lindi, terapevtik va 
ortopedik stomatologiya va jarrohlik va bolalar stomatologiyasi kafedralari tashkil 
etildi. 
2016- yil noyabr oyida Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon filiali 
Andijon davlat tibbiyot instituti tarkibiga qo’shildi. 2016- yil 1-dekabr kuni 
Andijon davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi tashkil etildi. 
Kafedra mudiri etib, Nosrullo Xosiljonovich Po’latov tayinlandi . 2018- yil iyun 
oyidan kafedra mudiri lavozimiga Muxammadyaxyo G’ulomqodirovich Teshaboev 
tayinlandi va mazkur lavozimda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 
Jarrohlik stomatologiya kafedrasi Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiy 
markazning 2- qavatida, RSHTYM Andijon filiali Travmatologiya qabulxonasida
va Andijon viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi Lor va yuz-jag’ 
jarrohlik bo’limida joylashgan. 
Kafedrada hozirgi kunda 9 nafar professor-o‘qituvchi dars berib kelmoqda. 


Fan nomi 
Fakultet 
Kurs 

Og‘iz bo‘shligi jarrohligi 
Stomatologiya 
3-kurs 

Yuz-jag‘ travmatologiyasi 
Stomatologiya 
4-kurs 

Bolalar jarrohlik stomatologiyasi 
Stomatologiya 
4-kurs 

Yuz-jag‘ jarrohligi 
Stomatologiya 
5-kurs 

Bolalar jarrohlik stomatologiyasi 
Stomatologiya 
5-kurs 

Stomatologik kasalliklar
Davolash 
5-kurs 

Bolalar stomatologik kasalliklar 
Pediatriya 
6-kurs 

Stomatologik kasalliklar 
Kasbiy ta’lim
5-kurs 
Jarrohlik stomatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan shu kunga 
qadar 100 dan ortik ilmiy xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy maqolalar va 
tezislar, 10dan ortiq o’quv qo’llanma va uslubiy qo’llanmalar, 20 dan ortiq 
majmualar, 10 dan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari yaratilgan. 
Xodimlar F.I.SH. 
Lavozimi va vazifasi 

Teshaboev M.G. 
Kafedra mudiri, PhD 

To’lanov D.SH. 
Katta o‘qituvchi 

Xakimova Z.K. 
O’quv-uslubiy ishlar bo‘yicha mas’ul, katta 
o‘qituvchi 

Pulatov N.X. 
Ma’naviyat ishlari bo‘yicha mas’ul, assistent 

Xakimov A.A. 
Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha mas’ul, assistent

Ibragimov N.I. 
Assistent-o‘rindosh 

Yusupov N.SH. 
Davolash ishlari bo‘yicha mas’ul, assistent.

Nasretdinov Z.T. 
Xo‘jalik ishlari bo’yicha mas’ul, assistent 

Dadaboev X.M. 
Assistent-o‘rindosh 

Xakimova Q.I. 
Kabinet mudiri 


Kafedraning ilmiy to‘garagi faol talabalari 2017 yil dekabr oyida o‘tkazilgan 
“Yosh xirurg-stomatolog” respublika talabalar ilmiy-amaliy ko’rik tanlovida 3-
o‘ringa ega bo’lganlar. 
Talabalar bilan to’garak ishlari muntazam olib boriladi va ilmiy maqolalar bilan 
muntazam ravishda konferensiyalarda qatnashib kelinmoqda.

Yüklə 165,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin