Qiymat berish operatori O’zgaruvchini qiymatini o’zgartirishning to’g’ridan to’g’ri usuli bu qiymat berish
operatorini qo’llashdir. Java dasturlash tilida “=” (teng) belgisi qiymat berish operatori
hisoblanadi. Qiymat berish operatori ifodaning chap qismida joylashgan o’zgaruvchi, teng
belgisi va ifodaning o’ng qismida joylashgan qiymat berish ifodasidan iborat. Bu yerda qiymat
berish operatori boshqa o’zgaruvchilar, sonlar yoki o’zgaruvchi, sonlar, operatorlar va
metodlardat tashkil topgan murakkab ifodalar bo’lishi mumkin. Quyida Java dasturlash tilining
qiymat berish operatoriga misollar ko’rsatilgan:
xarorat = 36.6;
joriyHisob = joriyHisob + 10;
jamiOgirlik = asosiyOgirlik * qushimchaOgirlik;
Birinchi ifodada
xarorat o’zgaruvchisiga 36.6 qiymati belgilanmoqda. Ikkinchi ifodada
joriyHisob o’zgaruvchisining joriy qiymatiga 10 soni qo’shilmoqda. Uchinchi misolda
jamiOgirlik o’zgaruvchisiga
asosiyOgirlik va
qushimchaOgirlik o’zgaruvchilarining qiymatlarini
ko’paytmasidan xosil bo’lgan qiymat belgilanadi.
E’lon qilingan lekin qiymat belgilanmagan o’zgaruvchilar initsializatsiya qilinmagan
deyiladi. Birlamchi kodda joyni saqlash va xatoliklarni oldini olish maqsadida o’zgaruvchini
birdaniga e’lon qilish va qiymat belgilash amallarini birdaniga bajarish mumkin. Masalan,
int olinganSon = 0;
double tezlik = 120.5;
Java dasturlash tilida berilgan o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish uchun belgilash
operatori va arifmetik operatorlarini birgalikda ishlatish ham mumkin. Masalan,
x += 2;
ifodasi
x = x + 2;
ifodasi bilan bir-xil qiymatga ega. Quyidagi jadvalda murakkab belgilash operatorlari
keltirilgan.
Mukammal ifoda Ekvivalent ifoda x += 2;
x = x + 2;
x -= 2;
x = x – 2;
x *= 2;
x = x * 2;
x /= 2;
x = x / 2;
x %= 2;
x = x % 2;
x * 2 = y + z;
x = x * (y + z);