Java 2se dasturlash tili


Java dasturlash tili va Java dasturining ishlash printsipi



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Java 2se dasturlash tili

Java dasturlash tili va Java dasturining ishlash printsipi 
Java dasturlash tili paydo bo’lishidan oldin dasturlar aniq bir operatsion tizim boshqaruvi 
ostida ishlaydigan qilib yaratilgan. Ma’lum bir operatsion tizim uchun yaratilgan dastur boshqa 
operatsion tizimida ishlay olmagan. Java dasturlash tili ushbu tushunchani o’zgartirib operatsion 
tizimga bog’liq bo’lmagan dasturlashni kiritdi. Java dasturlash tili zamonaviy dasturlash tili 
taminlab berishi kerak bo’lgan barcha funktsiyalarni o’z ichiga olganligi uchun qisqa vaqt ichida 
dasturchilar orasida keng tarqaldi. Jumladan, Java dasturlash tili quyidagi xususiyatlarga ega: 

Ob’ektlarga ixtisoslashish xususiyatlari 

Ko’pvazifalilik 



Avtomatik xotira menejmenti (keraksiz ob’ektlarni yig’ishtirish) 

Tarmoq va xavfsizlik xususiyatlari 

Platformaga bog’liq emaslik 
Java dasturlash tili nisbatan yangi dasturlash tili xisoblansada ayni vaqtda boshqa dasturlash 
tillari singari mavjud imkoniyatlari bilan bir o’rinda turadi. 
Java dasturlash tili kompilyatsiya va interpretatsiya qilinuvchi til xisoblanadi. Java birlamchi 
kodi avval kompilyator yordamida sodda ikkilik instruktsi, bayt-kodga o’giriladi. Ushbu bayt-
kod Java virtual mashinasi uchun dastur amallarini bajarish uchun ko’rsatma bo’lib xizmat 
qiladi. Bayt-kod universal bo’lib turli platformalar uchun maxsus yaratilgan barcha Java virtual 
mashinalari yordamida bajarilishi mumkin. Bu o’z navbatida Java dasturini platformaga bog’liq 
bo’lmasligini ta’minlaydi. 
Aksariyat zamonaviy dasturlash tillari inson uchun unda dastur yozishi va tushinishini 
osonlashtirib tuzilgan. Bunday dasturlar yuqori-darajali dasturlash tillari deb ataladi. Kompyuter 
tushunadigan tilni mashina tili deb ataladi va ular past-darajali tillar deb ataladi.Yuqori-darajali 
dasturlash tilida yozilgan dasturni kompyuterda ishga tushirishdan oldin uni mashina tiliga 
o’girib olish kerak. Bunday o’giruvchi dasturni kompilyator va o’girish jarayonini kompilyatsiya 
deb ataladi. 
Aksariyat dasturlash tillarining bitta kamchiligi bu ularning kompilyatorlari yuqori-darajali 
dasturlash tilida yozilgan dasturni to’g’tidan-to’g’ri mashina tiliga o’giradi. Xar-hil kompyuterlar 
xar-hil mashina tilini ishlatishi sababli xar-bir kompyuter turi uchun o’zining maxsus 
kompilyatori zarur bo’ladi. Java dasturlash tili kompilyatsiyaga boshqacha yondashadi. 
Java kompilyatori dasturni aniq bir kompyuterning mashina kodiga tarjima qilmaydi. Buni 
o’rniga kompilyator dasturni 
bayt-kod
deb nomlanuvchi tilga o’giradi. Bayt-kod aniq bir 
kompyuterning mashina kodi xisoblanmaydi. Bayt-kod Java virtual mashinasining mashina kodi 
xisoblanadi. Java virtual mashinasi o’z navbatida bayt-kodni o’zi joylashgan kompyuterning 
mashina kodiga o’girib amalga oshiradi. 
Java dasturini bajarish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo’ladi. Dasturchi birlamchi kodni 
java
kengaytmali faylga saqlaydi. So’ng, Java kompilyatori yordamida birlamchi kodni 
kompilyatsiya qilib 
class
kengaytmali fayl xosil qiladi. Xosil bo’lgan faylni Java interpretatori 
yordamida bajaradi. 
Java dasturlash tilida dastur tuzish va uni ishga tushirish jarayonini quyidagi misol 
yordamida ko’rib o’tamiz. Ushbu misolda keltirilgan kod sintaksisi va operatorlariga emas, balki 
dastur tuzish va ishga tushirish jarayoniga e’tibor qilamiz. Shartli ravishda dasturlash jarayonini 
3 boshqichga bo’lib olamiz: 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin