Yozuvlar
Dastur oynasiga biron bir yozuvni qo’shish uchun
JLabel
klassidan foydalanish mumkin.
Yozuvlar asosan oynada joylashgan elementlarga izoh berish yoki ularni nomlash uchun
ishlatiladi. Masalan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class YozuvDasturi
{
public static void main(String[] args)
{
JFrame frame = new JFrame("Yozuv Dasturi");
JLabel label = new JLabel("Yozuv joylashgan oyna");
JPanel panel = new JPanel();
panel.add(label);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation(JFrame.EXIT_ON_CLOSE);
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
}
Ushbu dastur yozuv joylashgan quyidagi oynani ekranga chiqarib beradi:
JLabel
klassi yordamida yaratilgan yozuv
Yozuvni oldida joylashgan rasm bilan xam yaratish mumkin. Buning uchun ImageIcon
klassi yordamida rasmni fayldan import qilib
JLabel
klassi konstruktoriga uzatish kerak bo’ladi.
Masalan,
YozuvDasturi
dasturga quyidagi o’zgarishlar kiritish kerak:
…
Icon icon = new ImageIcon("note.png");
JLabel label = new JLabel("Rasmli yozuv joylashgan oyna", icon,
SwingConstants.CENTER);
…
O’zgartirilgan dastur quyidagi oynani ekranga chiqarib beradi:
JLabel
klassi yordamida yaratilgan rasmli yozuv
Shuni yodda tutish lozimki, note.png rasm fayli
YozuvDasturi
klass fayli joylashgan
papkada joylashgan bo’lishi kerak.
Yozuvni oynada joylashishi
SwingContants
interfeysining konstantalari orqali belgilanadi.
Masalan, bizning xolda
SwingConstants.CENTER
konstantasi yozuvni markazga tekislab
joylashtiradi.
|