GRAFIK
DASTURLASH
Swing
Swing bu Java dasturlash tilining grafikli foydalanuvchi interfeysi qurollar to’plamidir.
javax.swing
o’rami interfeys elementlari xisoblanadigan oynalar, tugmalar, combo qutilari,
katalog daraxtlari, jadvallar, menyular va zamonaviy grafikli dastur tuzish uchun kerak
bo’ladigan boshqa elementlarni o’z ichiga oladi.
Swing qurollar to’plamidan oldin grafikli foydalanuvchi interfeysini yaratish uchun Java
dasturlash tilida
Abstract Window Toolkit (AWT)
nomli qurollar to’plami ishlatilgan.
AWT
qurollar to’plami grafikli foydalanuvchi elementlarini yaratishni dastur mo’ljallanayotgan
platformaning (Windows, Macintosh, Solaris) grafikli foydalanuvchi interfeysi
qurollar
to’plamiga yo’naltirgan. Natijada xar bir platforma uchun dastur ko’rinishi ushbu
platformaga
xos bo’lgan. Shu orqali Java dasturlarni portativligi ta’minlangan.
AWT
qurollar to’plami qo’llaydigan printsipni o’ziga xos kamchiliklari xam mavjud. Ushbu
qurollar to’plami grafikli foydalanuvchi interfeys elementlarini yaratishni dastur bajarilayotgan
platformaga yo’naltirayotganligi sababli xar xil platformalarda interfeys elemetlari bajarayotgan
amallari farq qiladi. Bundan tashqari, xamma platformalar xam
bir xil grafikli interfeys
elementlar to’plamiga ega emas. Shu va boshqa kamchiliklarni oldini olish maqsadida grafikli
foydalanuvchi interfeys elementlari mustaqil xosil qilish bo’lib ushbu printsip
Swing
qurollar
to’plamida qo’llanilgan.
Swing
qurollar to’plami yordamida dasturning foydalanuvchi interfeysini yaratishda oldindan
tayyorlangan komponentlardan foydalaniladi. Ushbu komponentalar maxsus konteynerlar ichiga
joylashtiriladi. Konteynerlar ichida komponentlarni tartibli joylashtirish uchun joylashuv
menedjerlar ishlatiladi. Joylashuv menedjerlari foydalanuvchi interfeys elementlarini joylashish
strategiyasini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: