Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
Xodisa va amal 
Java dasturlash tilida foydalanuvchi xosil qilgan xodisalarni qabul qiluvchi obyektlar qabul 
qilib ularga belgilangan amallarni bajaradi. Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlash tiliga xos 
bo’lganidek, xodisa 
java.util
o’ramida joylashgan 
EventObject
klassi tomonidan yaratiladigan 
obyekt orqali ifodalanadi. Xar bir xodisa turi uchun o’zining ostki klasslari mavjud, masalan, 
tugmalar uchun 
ActionEvent
, oynalar uchun esa 
WindowEvent
. Xodisani xosil qiluvchi 
foydalanuvchi interfeysi elementi xodisa manbasi deyiladi. 
Xodisalarni boshqarish quyidagicha amalga oshiriladi: 
1.
Xodisani qabul qiluvchi obyekt xodisa nazorat qiluvchi interfeysni bajaradi; 
2.
Xodisa manbasi xodisani qabul qila oladigan va unga xodisa obyektini yubora oladigan 
obyektni belgilaydi; 
3.
Xodisa xosil bo’lganda xodisa manbasi xodisa obyektini belgilangan barcha xodisani 
qabul qiluvchi obyektlarga jo’natadi; 
4.
Xodisani qabul qiluvchi obyekt xodisa obyektidagi ma’lumotni bajariladigan amalni xal 
qilishda ishlatadi. 
Xodisani qabul qiluvchi obyektni xodisa manbasiga belgilash misoli quyida keltirilgan: 
ActionListener listener = new TugmaListener(); 
JButton button = new JButton("OK"); 
button.addActionListener(listener); 
Ushbu misolning birinchi qatorida xodisani qabul qiluvchi obyekt yaratilgan. Ikkinchi 
qatorda xodisa manbasi yaratilgan. Uchinchi qatorda xodisa manbasiga xodisani qabul qiluvchi 
obyekt belgilangan. Xodisa xosil qilinganda (ya’ni foydalanuvchi tugmani bosganda) xodisa 
manbasi xodisani xosil qilib (ushbu xolda 
ActionEvent
xodisasini) xodisa qabul qiluvchi 
obyektga uzatadi. Xodisani qabul qiluvchi obyekt klassi tegishli interfeysni (ushbu xolda 
ActionListener
interfeysini) bajarishi kerak bo’ladi. 
ActionListener
interfeysini bajarish uchun 


xodisani qabul qiluvchi obyekt klassi 
ActionEvent
obyektini argument sifatida qabul qiluvchi 
actionPerformed()
metodiga ega bo’lishi kerak. 
public class TugmaListener implements ActionListener 

public void actionPerformed(ActionEvent xodisa) 

//bajariladigan amal kodi 


Foydalanuvchi tugmani bosganda 
JButton
obyekti 
ActionEvent
xodisa obyektini xosil qilib 
xodisani qabul qiluvchi obyektga uzatadi va 
actionPerformed()
metodi chaqirilib undagi amal 
bajariladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin