Java 2se dasturlash tili


Frame yaratish va joylashtirish



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/42
tarix24.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#89556
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
 
Frame yaratish va joylashtirish 
Frame Java dasturlash tilining yuqori darajali oynasi xisoblanadi. Ushbu oyna barcha 
grafikli foydalanuvchi interfeysi elementlarini o’z ichiga oladi. Frame 
Swing
o’ramining 
JFrame
klassi yordamida yaratiladi. Frame bilan ishlashni quyidagi misol orqali ko’rib chiqamiz. 
import javax.swing.*; 
public class SoddaFrameTest{ 
public static void main(String[] args){ 
JFrame frame = new JFrame(); 
frame.setDefaultCloseOperation(JFrame.EXIT_ON_CLOSE); 
frame.setSize(300, 200); 
frame.setVisible(true); 




Yuqoridagi dastur ekranga bo’sh oynani chiqarib beradi. 
JFrame
 yordamida yaratilgan bo’sh oyna 
Ushbu dasturni xar bir qatorini ko’rib chiqamiz. 
Birinchi qatorda 
Swing
o’rami 
import javax.swing.*;
ifodasi orqali import qilingan. 
Keyingi qatorlarda 
SoddaFrame
klassi va uning 
main()
metodi e’lon qilingan. Oltinchi qatorda 
oynani xosil qiluvchi 
frame
obyekti 
Frame
klassi andozasi asosida yaratilgan. Yettinchi qatorda 
foydalanuvchi ushbu oynani yopganda qanday amal bajarilishi 
frame
obyektini 
setDefaultCloseOperation()
metodi orqali berilgan. Bizning misolda dasturdan chiqib ketish 
amali berilgan. Sakkizinchi qatorda oynani yangi o’lchamlari 
frame
obyektini 
setSize()
metodi 
orqali berilgan. Yangi frame obyekti yaratilganda oyna o’lchami 0x0 piksel bo’ladi. Yangi oyna 
yaratilganda u avtomatik ravishda ekranda chiqarilmaydi. Buning uchun 
frame
obyektini 
setVisible()
metodini chaqirish kerak bo’ladi. 
JFrame
klassi aksariyat metodlarini o’zining superklasslaridan meros qilib oladi. Asosiy 
metodlari quyidagilardan iborat: 

dispose()
– oynani yopadi va u egallab turgan sistema resurslarini bo’shatadi; 

setIconImage()
– oynaning sarlavxa qismiga yorliq chiqarib beradi; 

setTitle()
– sarlavxa qismidagi matnni o’zgartiradi; 

setResizable()
– oyna o’lchamini foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilish imkonini 
belgilaydi; 

setLocation()
– oynani ekranda joylashishini o’zgartiradi, metod argument sifatida 
(x, 
y)
qiymatlarini qabul qilib 
x
qiymati gorizontal va 
y
qiymati vertikal koordinata o’qlarini 
bildiradi. (0, 0) koordinatali nuqta ekranni yuqori-chap qismida joylashgan. 

setBounds()
– metod argument sifatida 
(x, y, kenglik, balandlik)
qiymatlarini qabul 
qilib 
x
va 
y
qiymatlari oyna joylashish nuqtalarini, kenglik va balandlik qiymatlari oyna 
kengligi va balandligini belgilaydi. 
Quyidagi misolda ushbu metodlardan ba’zilarini qo’llagan xolda oyna yaratib olamiz. 
import javax.swing.*; 
import java.awt.*; 
public class SoddaFrame2 



public static void main(String[] args) 

JFrame frame = new JFrame(); 
frame.setDefaultCloseOperation(JFrame.EXIT_ON_CLOSE); 
frame.setTitle("Sarlavhaga ega oyna"); 
Toolkit kit = Toolkit.getDefaultToolkit(); 
Image img = kit.getImage("euro.png"); 
frame.setIconImage(img); 
frame.setSize(300, 200); 
frame.setVisible(true); 


Dastur quyidagi sarlavha matni va sarlavha yorlig’iga ega oynani ekranga chiqarib beradi: 
Sarlavhaga ega oyna 
Shuni eslatib o’tish kerakki sarlavha yorlig’i uchun ishlatiladigan rasm fayli dastur klassi 
bilan bitta papkada joylashishi kerak. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin