CONSOLE APLICATION MUHITIDA KONSOL ILOVALAR YARATISH
Dastlab, Visual Studio muhitini ishga tushiramiz. VS ishga tushgandan so‘ng, quyidagi kеtma-kеtlikni bajaramiz: File->New->Project yoki klaviaturadan Ctrl+Shift+N tugmalari birgalikda bosiladi.
CONSOLE APLICATION MUHITIDA KONSOL ILOVALAR YARATISH
Bu kеtma-kеtlik bajarilgandan so‘ng, loyihaning tipini tanlash uchun New Project oynasi ochiladi. Bu oynadagi Visual C++ qismidan CLR bo‘limiga o‘tib, CLR Console Application punkti tanlanadi.
CONSOLE APLICATION MUHITIDA KONSOL ILOVALAR YARATISH
Name – qismiga loyiha nomi yoziladi (masalan “1-misol”); Location – qismiga loyihamiz saqlanadigan manzil ko‘rsatiladi(Browse… tugmasi yordamida). So‘ngra OK tugmasi bosiladi. Natijada Visual C++ muhitining ishchi oynasi ochiladi.
VISUAL C++ MUHITINING ISHCHI OYNASI
CONSOLE APLICATION MUHITIDA KONSOL ILOVALAR YARATISH
Ushbu rasmdagi kodlarning ba`zi tushunchalarini qarab o’tamiz. 1- qatorda izoh (kommеntariya), 3- va 4-qatorlar kutubxonalar, 5- qatorda nomlar fazosi va 7-qatorda asosiy funksiya (main()) e`lon qilingan. Natijani chiqarishning bir necha usullari mavjud: 1) F5 tugmasini bosish orqali; 2) ishchi oynadagi Local Windows Debugger tugmasi bosib; 3) DEBUG->Start Debugging tugmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin bo’ladi. 11-qatorda natijalar oynasini ushlab turish uchun getch() funksiyasi ishlatilgan .