Javlon Yusupovich Umarbekov



Yüklə 121,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.10.2023
ölçüsü121,81 Kb.
#157445
555555555o



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Javlon Yusupovich Umarbekov
(1946.17.6, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston 
Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1989), Oʻzbekistonda xizmat 
kursatgan sanʼat arbobi (1982). P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1966) va 
Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (1972) ni tugatgan. Navoiy nomidagi Adabiyot 
muzeyida bosh rassom (1972 — 73), Toshkent sanʼat institutida pedagog (1974—76), 1976-
yildan Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, raisi (1984—87). U. ijodi serqirra, 
mavzuga boyligi, uslubiy rang-barangligi bilan diqqatga sazovor: ilk ijodi realistik sanʼat 
anʼanalari asosida ijtimoiy fikrlarni ifodalashdan asta Sharq, eng avvalo Oʻrta Osiyo miniatyura 
sanʼati anʼana va uslubini Yevropa realistik sanʼat anʼanalari bilan uygʻunlashtirishga, hissiy 
kechinmalarini erkin ifodalashga oʻta bordi. Jahon tasviriy sanʼatidagi uslub va izlanishlar 
hamda oʻzbek tasviriy sanʼatida sodir boʻlgan plastik izlanishlar U.ning asarlarida oʻziga xos 
yechimni belgilashda sezilarli oʻrin egallaydi: "Bolalik" (1968), "Qoʻshiq" (1969), "Mening 
doʻstim" (1971), "Tafakkurli inson" diptixi (1979—80), "Men insonman" (1981—83), "Hovuz 
boʻyida" (1988), "Kelinchak" (1995), "Sohibqiron Amir Temur" (1995), "Yetti iqlim sultoni" 
(1995), "Uchrashuv" (1996), "Zaqiriddin Muhammad Bobur" (1996). U., shuningdek, 
natyurmortlar ("Oy natyurmorti", "Kushon natyurmorti" va boshqa,), manzaralar ("Boʻzsuv", 
"Karvon", "Ipak yoʻli xarobalari" va boshqalar) hamda turkumli asarlar ("Jazoir boʻylab", 1978; 
"Surxondaryo", "Toshkentning 30 koʻrinishi", 1983 va boshqalar) muallifi. 
U Germaniya (1980, 1986, 1991), Yaponiya (1982, 1995), Kuvayt (1989, 1990), Turkiya 
(1993), AQSH (19972004) va boshqa mamlakatlarda ijodiy safarlarda boʻlgan; asarlari bilan 
respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi, asarlaridan na’munalar respublika va 
xorijdagi muzey va toʻplamlarda saqlanadi. 
Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Oltin medali bilan mukofotlangan (2002). 

Yüklə 121,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin