Javob bersin aytgan so`ziga,
Tik qarasin elning ko`ziga, (x2)
Hukmi o`tsin o`g`il-qiziga,
Davlat bergin yigitga. (x2)
Go`zallarning hushin olgudek,
Bir qarashda esda qolgudek, (x2)
Suyansa tog` titrab ketgudek
Savlat bergin yigitga. (x2)
Boshin egib tursa yarashmas,
Ko`zyosh to`kib yursa yarashmas, (x2)
Iymoni bor, yo`ldan adashmas,
Hikmat bergin yigitga. (x2)
Azal erkak boshqarar yurtni,
Ro`zg`or degan zalvorli yukni,
Saxovatsiz yigit yigitmi,
Himmat bergin yigitga. {x2
Saxovatsiz yigit yigitmi,
Himmat bergin yigitga.
Javob bersin aytgan so`ziga,
Tik qarasin elning ko`ziga, (x2)
Hukmi o`tsin o`g`il-qiziga,
Davlat bergin yigitga,
Savlat bergin yigitga.
Dostları ilə paylaş: |