736. Mikroskopik tekshiruvida aniqlangan gelmint tuxumi o‟pka so‟rg‟ichlisi
tuxumiga
taxmin qilindi, uning rangi qanday bo‟lishini ko‟rsating?
Javob: tuxumlari yirik, sariq rangli
737. Shifokorga murojat qilgan odamda o‟pka so‟rg‟ichlisi paraziti borligi taxmin
qilindi, parazitning lotincha nomini ko‟rsating?
Javob: paragonimos ringeri
738. Osiyoning janubiy mamlakatlarida dam olib qaytgan kishida shistasoma
hematobium yoki urogemital shistasomos kasalligiga taxmin qilindi, bu kasallikda
tekshiruv materali nima va qaysi materialdan tuxumlar topilmaydi?
Javob: tekshiruv materiali bo‟lib kundungi siydik hisoblanadi, ertalabki siydikdan
tuxumlari topilmaydi
739. Tropik va subtopik mamalakatlarda dam olib qaytgan kishida shistasoma
manzoni kasalligiga taxmin qilindi, ovogelminoskopiya tekshirish usuli uchun
tekshirish materiali nima?
Javob: tekshiruv materiali najas bo‟lib, unda tuxumi topiladi
740. Tropik va subtopik mamalakatlarda dam olib qaytgan kishida shistasoma
yaponicum kasalligiga taxmin qilindi, parazit tuxumlarining o‟lchami boshqa
shistosomalar tuxumlaridan farq qiladimi?
Javob:
ha farq qiladi, bu parazit tuxumlarining o‟lchami boshqa shistasoma
tuxumlaridan kichik
741. Shifokorga murojat qilgan odamda yaxshi pishirilmagan mol go‟shti iste‟mol
qilingandan keyin bezovtalik kuzatildi, bunda qaysi parazit bilan kasallanganligiga
shubha qilinadi va parazitning lotincha nomi?
Javob: qoramol solityori, teniarinhus saginatus
742. Bemorda qoramol solitori borligi aniqlandi, ovolgelmentoskopiya tekshiruvida
tuxumlari qanday ko‟rinishda bo‟ladi?
Javob: tuxumi yumaloq shaklda bo‟lib, yonida o‟simtalari bo‟ladi
743. Qoramol solitorining diagnostikasida topilgan onkosferasini qanday aniqlasa
bo‟ladi?
Javob: onkosferani o‟rab turgan parda radial chiziqli bo‟ladi
744. Bemorda tenioz kasalligiga shubha qilindi, bunda tekshiruv materiali yetilgan
bo‟g‟im bo‟lib xizmat qilganda nima ko‟riladi?
Javob: yetilgan bo‟g‟imida bachadoni 7-12 tagacha shoxlangan bo‟ladi
745. Tenioz bilan kasallangan odamning najasidan topilgan tuxumlarning ichida nima
ko‟rinadi?
Javob: tuxumining ichida sharsimon onkosfera ko‟rinib turadi
746. Shifokorga murojat qilgan odamda difiliobotrios deb tashxis qo‟yilgan,
laboratoriya tekshiruvida topilgan tuxumlarning o‟lchami qancha?
Javob: uzunligi 68-71 mkm, eni 45mkm
747. Shifokorga murojat qilgan odamda difiliobotrioz deb tashxis qo‟yilgan,
mikroskopda tuxumlarining ichida nima ko‟rinadi?
Javob: mikroskopda ko‟rilganda tuxumlar ichida bir qancha blastomerlar ko‟rinadi
748. Bolalar bog‟chasida tekshiruv o‟tkazilganda najasdan pakana
gijja tuxumlari
topildi, gijja tuxumlarining rangi qanday bo‟ladi?
Javob: rangi yaltiroq rangsiz bo‟ladi
749. Shifokorga murojat qilgan odamda exinokokkoz kasalligiga shubxa qilindi,
bunda laboratoriya diagnostikasi qanday amalga oshiriladi?
Javob: bemorda rentgenologik va seralogik tekshiruvlar o‟tkaziladi
750. Shifokorga murojat qilgan odamda askaridoz kasalligi borligiga taxmin qilindi,
ovogelmentoskopiya bilan topilgan tuxumlarning bo‟yi va
enining uzunligi qanday
bo‟ladi?
Dostları ilə paylaş: