976. Hujayraning mitoz yo`li bilan ko`payish paytida uni bir modda bilan ishlashdi.
Buning natijasida bo`linish urchug`i buzildi. Qaysi modda bilan hujayra ishlangan?
Javobi: Kolxitsin
977. Ma‟lumki, qariyotgan epitiliy hujayralar o`ladi. Hujayraning qaysi organoidi
ularni ichki organlardan o`chirib tashlaydi.
Javobi: Lizosoma
978. 18 yoshli studentda qalqonsimon bezning kattalashgani aniqlandi. Unda
moddalar almashinuvi tezlashgani va pulsning ko`payishi aniqlandi. Bu holat tiroksin
gormonining gipersekretsiyasida paydo bo`ladi. Qalqonsimon bezning qaysi
organellalari bu gormonning chiqishiga javobberadi?
Javobi: Goljikompleksi
979. Sog` odamning kariotipi tuzildi. Jarayon paytida kichkina toq akrosentrik
xromosoma aniqlandi. Bu qaysi xromosoma.
Javobi: Y-xromosoma
980. Gibrid nima?
Javobi: Qo`shilgan eukariot hujayralar, hujayra gibridi
981. Qaysi jarayon hujayra xromosomasi miqdorini o`zgarmasligini ta`minlaydi.
Javobi:Mitoz
982. Hujayraning qaysi organoidida oqsil molekulasi butkulkul hosil bo`ladi va oqsil
bilan uglevodlar, yo`glar kompleksi hosil bo`ladi?
Dostları ilə paylaş: