Javob: duksimon hujayralar Elektron mikrofotografiyada ikki ХIL hujayra berilgan. Birinchi hujayraning apikal yuzasida ko‟plab sitoplazmaning barmiqsimon o‟simtalari bor. Ikkinchi hujayraning qaysi birida endositoz jarayoni aktiv kechadi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/60
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#68056
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Vaziyatli-masalalar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Javob
Javob: shakli oval, rangi to‟q kulrang bo‟ladi 
606. Askaridoz bilan kasallangan odamda, askaridaning otalangan tuxumi qanday 
o‟lchamda bo‟ladi? 
Javob: otalangan tuxumlar kattaroq bo‟lib, uzunligi 80-90 mkm eni 45 mkm 
607. Bolalar bog‟chasida bolalarda enteribioz kasalligi aniqlandi, ovogelmintoskopiya 
tekshiruvida najasdan topilgan tuxumning shakli qanday bo‟ladi? 
Javob: tuxumining shakli uzunchoq, bir tomoni biroz yassi bo‟ladi 
608. Shifokorga murojat qilgan odamda trixosefalioz kasalligi aniqlandi, bunda 
ovogelmintoskopiya usuli bilan najasdan topilgan tuxumining shakli va rangi qanday 
bo‟ladi?
Javob: najasdan topilgan tuxumi bochkasimon shaklda, tilla sariq rangda bo‟ladi 
609. Shifokorga murojat qilgan odamda ankilostomos kasalligi aniqlandi, bemorda 
ovogelmintoskopiya usuli bilan aniqlangan tuxumning ichida nimalar ko‟rinadi? 
Javob: aniqlangan tuxumning ichida 4-8 blastomeralar borligi ko‟rinadi 
610. Shifokorga murojat qilgan odamda vuhererioz kasalligi aniqlandi, kasallik 
qanday aniqlanadi? 
Javob: vuhereriozda kechasi olingan pereferik qon surtmasi tekshiriladi 
611. Mikroskopda tayyor preparat ko‟rilganda bo‟g‟imoyoqlilarning oyoq o‟simtalari 
tananing qayerida joylashganligini ko‟rsating? 
Javob: oyoq o‟simtalari tanasining har xil sigmentlarida joylashgan 
612. Tibbiy biologik nazariy bilimlariga asoslanib bog‟imoyoqlilar tipining xarakterli 
belgilarini ko‟rsating? 


Javob: tana xitin qoplam bilan qoplangan, bog‟imli oyoqlari mavjud, aralash tana 
boshlig‟iga ega, kondalang tana mushaklari rivojlangan 
613. Tibbiyot biologiyasidan olgan nazariy bilimlarga asoslanib bo‟g‟imoyoqlilarning 
kenja tiplarini ko‟rsating? 
Javob: trilobitsimonlar, jabra bilan nafas oluvchilar, xelitserallar va traxeya bilan 
nafas oluvchilar 
614. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qisqichbaqasimonlar sinfining vakillari 
rivojlanish darajasiga qarab qanday qisqichbaqasimonlarga bo‟linadi? 
Javob: tuban qisqichbaqasimonlar va yuksak qisqichbaqasimonlar bo‟linadi 
615. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib o‟rgimchaksimonlar sinifiga kiruvchi 
hayvonlarning xarakterli belgilarini toping? 
Javob: tanasi bosh-ko‟krak va qorin bo‟limlarga ajralgan, 6juft bo‟g‟imli oyoqlari bor 
616. Mikroskopda ko‟rib kanalarning pedipalpalari nimalarni hosil qilishini 
tushuntiring? 
Javob: mikroskopda ko‟rilganda kanalarda pedipalpalarining asosiy bo‟g‟imlari 
qo‟shilib so‟ruvchi nay-gipostomni hosil qiladi 
617. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib kanalarning qaysi kenja turkumlari 
ahamyatli ekanligini ko‟rsating?
Javob: akariform va parazitaform kenja turkumlari ahamiyatli 
618. Mikroskopda iksod kanasi preparati ko‟rilganda qanday belgilarni ko‟rish 
mumkin? 
Javob: o‟lchami 4-5mm yetadi, erkaklarni orqa tomonida xitin qalqoni mavjud, 
urg‟ochilarida, lichinkalarida va nimfalarida xitin qalqon faqat oldingi tomonida 
joylashgan
619. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib urg‟ochi iksod kanasiga xos xususiyatlarni 
ko‟rsating?
Javob: faqat bir marta uzoq vaqt qon so‟radi, qonga to‟ygan urg‟ochi kana 1 marta, 
17000 tagacha tuxum qo‟yadi
620. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib iksod kanasining xavfli tomonini 
ko‟rsating? 
Javob: tayga, ensefaliti, tularemiya, gemorogik istma kasallik qo‟zg‟atuvchilarning 
tashuvchisi sifatida xavfli 
621. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib kanalar nimaga sabab bo‟lishini ko‟rsating? 


Javob: kanalar ektoparazitlar bo‟lib organizmda yallig‟lanish va allergik 
reaksiyalarga sabab bo‟ladi 
622. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib it kanasi rivojlanish siklini qancha davom 
etishini ko‟rsating va u qaysi organizmlarda parazitli qiladi? 
Javob: 7 yilgacha davom etadi, yovvoyi, uy hayvonlari hamda odamda parazitli qiladi 
623. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib tayga kanasining tibbiy ahamiyatini 
ko‟rsating? 
Javob: tayga ensefaliti qo‟zg‟atuvchilarning tashuvchisi va tabiiy rezervuarlari 
hisoblanadi 
624. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib tayga kanasi necha xo‟jayinli kana 
ekanligini va rivojlanishida lichinka, limfa va imagosi qaysi hayvon qoni bilan 
ozuqalanishini ko‟rsating? 
Javob: 3 ho‟jayinli kana, lichinkasi kemiruvchilar qoni bilan, nimfasi quyon, 
olmaxon qoni bilan, imagosi esa los va bug‟u qoni bilan ozuqalanadi
625. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib dermosentor pictus kanasining tibbiy 
ahamiyatini ko‟rsating va ular qayerlarda tarqalgan? 
Javob: dermosentor pictus tuleremiya kasallik qo‟zg‟atuvchilarning tashuvchisi 
hisoblanadi va ular o‟rmonlarda keng tarqalgan 
626. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib argas kanalari qayerlarda keng tarqalgani va 
yashash joyini ko‟rsatin?
Javob: issiq iqimli mamlakatlarda keng tarqalgan, kemiruvchi hayvonlar uylarida, 
g‟orlarda, eski uylarda yashaydi 
627. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib argas kanalar qancha yashashini va 
urg‟ochisi nechi martda tuxum qo‟yishini ko‟rsating? 
Javob: 25-28 yilgacha hayoti davom etadi, urg‟ochisi bir necha martda tuxum 
qo‟yadi 
628. Mikroskopda kanalar preparati ko‟rib argas va iksod kanalarining farqini 
ko‟rsating? 
Javob: og‟iz aparati argas kanasida qorin sohasida joylashadi, iksodda oldinga turtib 
chiqqan, argasda kanasida qalqon bo‟lmaydi iksod kanalarida bo‟ladi 
629. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qishloq kanasining qanday parazit 
ekanligini, odamga qachon xujum qilishini va qancha och yura olishini ko‟rsating? 
Javob: ektoparazit, odamga ko‟pincha kechasi xujum qiladi, uzoq vaq 10 yildan ortiq 
oziqlanmasdan kasallik yuqtirishni saqlaydi 


630. Mikroskopda akariform kanasini ko‟rganda unga xos qanday belgilarni ko‟rsa 
bo‟ladi? 
Javob: tanasi bog‟imlarga ajralmagan, oval shaklga ega, o‟lchami juda kichik-
mikroskopik 
631. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qichima kanasining nomi va tibbiy 
ahamiyatini ko‟rsating? 
Javob: sarkoptes scabei, odamning ektoparaziti, qichima kasalligining 
qo‟zg‟atuvchisi 
632. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qichima kanasining hayot sikli qanchagacha 
davom etishini, qancha tuxum qo‟yishini ko‟rsating? 
Javob: 50 kungacha yashaydi, hayoti davomida 40-50 tagacha tuxum qo‟yadi 
633. Paxta terimiga borogan talabalarning ko‟pchiligida qichima kasali aniqlandi
uning sabablarini tushuntiring? 
Javob: shaxsiy va jamoat profilaktikasi qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun 
634. Paxta terimiga borogan talabalarda qichima kasalligi aniqlandi, bunda qanday 
profilaktik choralarni amalga oshirib kasallikni tugatish mumkin? 
Javob: sifatli shaxsiy va jamoat profilaktikasini amalga oshirish 
635. Ba‟zan kasal qonini so‟rmagan kanalarda kasallik qo‟zg‟atuvchilarini aniqlanadi, 
buni qanday tushuntirish mumkin? 
Javob: kana kasal qo‟zg‟atuvchisining rezervuari bo‟lishi mumkin 
636. Poliklinikaga murojat qilgan odam deyarli bir kunda yuzida shish paydo bo‟lishi, 
tana haroratining ko‟tarilishi, mushaklarida qattiq og‟riq alomatlari bilan murojat 
qildi, shifokor qanday parazitar kasallik haqida gumon qilishi mumkin?
Javob: trixinelyoz 
637. Poliklinikaga murojat qilgan odam deyarli bir kunda yuzida shish paydo bo‟lishi, 
tana haroratining ko‟tarilishi, mushaklarida qattiq og‟riq alomatlari bilan murojat 
qildi, bunda shifokor qanday usullar bilan parazitar kasallik bor ekanligini tasdiqlash 
mumkin?

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin