Javobgarlikdan ozod qilishning turlari


Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish



Yüklə 119 Kb.
səhifə5/6
tarix27.04.2023
ölçüsü119 Kb.
#103685
1   2   3   4   5   6
JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING TURLARI

6. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat kodeksining 67-moddasiga kо‘ra, jinoyat sodir etgan shaxsning hukm chiqarilguniga qadar о‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va о‘z harakatlarini boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka chalinib qolishi uni javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bо‘ladi. Bunday shaxsga nisbatan sud tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarini qо‘llashi mumkin.
Jinoyat sodir etgan, ammo hukm chiqarilguniga qadar ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan, ulardagi ruhiy holatga qarab, tibbiy yо‘sindagi majburlov choralari qо‘llanilishi mumkin.
Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish javobgarlikdan ozod qilishning shartli turlariga kiradi. Qonunda shaxsning sog‘ayib ketishi ozodlikka chiqqandan sо‘ng sodir etilgan jinoyatga muvofiq javobgarlik chorasini qо‘llashning sharti sifatida belgilanadi. Biroq mazkur chora shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish muddati о‘tib ketmagan hollarda qо‘llanishi mumkin.
Sud tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarini qо‘llagan shaxslar uchun javobgarlikka tortish muddati bunday choralar qо‘llanila boshlagan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Sud hukm chiqarilgunicha ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarini qо‘llash uchun asos topmaganida javobgarlikka tortish muddati Jinoyat kodeksi 64-moddasining 2-qismi asosida jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
7. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin (JK 68-moddasi).
О‘zining ijtimoiy mohiyatiga kо‘ra, amnistiya muayyan turdagi jinoyatlarni sodir etgan muayyan shaxslarni kechirishdir. Shu bilan birga, amnistiya, о‘zining huquqiy oqibatlariga kо‘ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning boshqa turlariga mos keladi.
Amnistiya institutida insonparvarlik prinsipi bevosita ifodasini topadi (JK 7-m.).
Amnistiya aktlari yakka tartibda bо‘lmaydi. Ular yo jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi lozim bо‘lgan jinoyatlarning muayyan toifalari va turlarini belgilaydi yoxud о‘zaro demografik, ijtimoiy, jinoiy, yoshga oid, huquqiy yoxud boshqa belgilariga kо‘ra farqlanadigan, yakka tartibda aniqlanmagan shaxslar guruhlarini kо‘rsatadi.
Jinoyat kodeksining 68-moddasi amnistiya akti qabul qilinishining imkoniyatdagi natijalaridan biri bо‘lgan javobgarlikdan ozod qilishgagina bag‘ishlangan. Ushbu norma sudning ayblov hukmiga doir qarori chiqarilmagan jinoiy ishlarga va amnistiya kuchga kirguniga qadar jinoyat sodir etgan shaxslarga taalluqlidir.



Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin