Statistik to`plam-bu umumiy bog`liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob`yekti yoki hodisalarning yig`indisidir.Masalan,korxonalarsoni,aksiyadorlik jamiyatlari soni,oilalar soni va h.k.To`plamlar bir jinsli(o`xshash bir xil bo`lgan )va turli jinsli bo`lishi mumkin.Belgi-bu to`plam birligining sifativ xususiyatidir.O`rganilayotgan to`plam birligini ifodalash harakteriga qarab belgilar miqdoriy,atributiv va alternative belgilarga bo`linadi.
Statistik ko`rsatkich-bu kategoriya bo`lib,hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir.Statistik ko`rsatkichlar tizimi-bu bir-biri bilan o`zaro bog`langan statistic ko`rsatkichlar yig`indisidir.Statistik ko`rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog`onalarini o`zida qamrab oladi.
63.Statistika fani metodi. Tayanch iboralari: statistik kuzatish, jamlash, guruhlash, mutlaq va nisbiy miqdorlar, o‘rtacha miqdorlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, indekslar, korrelyasion va regression tahlil. JAVOBI:Biz statistik uslublarning 3 guruhini (statistik tadqiqot bosqichlarini) ajratishimiz mumkin:Statistik kuzatish-bu o`rganilayotgan hodisa haqidagi barcha ahamiyatli faktlarini yig`ish va ularni ilmiy tahkillashgan holda ro`yxatga olinishidir;
Statistik jamlash va guruhlash-bu to`plangan statistic ma`lumotlarni tizimlash va sinflashtirish jarayonidir.
Statistik tahlil-bu o`rganilayotgan hodisani tasvirlash,tuzilmasini,boshqa hodisalar bilan bog`liqligini,qonuniyatlarini aniqlash imkonini beruvchi statistik ko`rsatkichlarini hisoblash va kelajak uchun prognoz qilish jarayonidir.
64.O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi. Tayanch iboralari: davlat statistika qo‘mitasi, shahar statitsika bo‘limlari, viloyat statistika boshqarmalar. JAVOBI:1997 yil 15 may “O’zistiqbolstat” Davlat qo’mitasi Makroiqtisodiyot va “O’zistiqbolstat” Davlat qo’mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi. 2002 yil 24 dekabr“O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to’g’risisda”gi farmoniga ko’ra Makroiqti-sodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning asosida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tashkil qilindi 1992 yil 5 avgust O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi huzurida Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasini tuzish to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra “O’zistiqbolstat” davlat qo’mitasi tuzildi. Farmonga binoan O’zbekiston rivojlanish istiqbollarini belgilash Qo’mitasi va O’zbekiston davlat statistika qo’mitasi birlashtirildi. 2002 yilning 12 dekabridaO’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonun qabul qilingan.Qonunning maqsadi - davlat statistikasini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat statistika organlarining vakolatlarini belgilash hamda yagona statistika axborot tizimi yuritilishi uchun normativ asos yaratishdir.