Javobi: Statistika lotincha “status”



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə3/43
tarix02.06.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#123658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Statistika sessiya javoblari (3)

8.Statistik kuzatish dastur – metodologik masalalari. Tayanch iboralari: kuzatish birligi va ob’ekti, kuzatish maqsadi va vazifalari, kuzatishni tashkil etish, kuzatish dasturi.
JAVOBI:

9.Statistik kuzatish tashkiliy masalalari. Tayanch iboralari: kuzatishni tashkil etuvchi tashkilotlar, kuzatish birligi va ob’ektini aniqlash, kuzatish sanasi, davri va kritik momenti.
JAVOBI:Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o`z ichiga oladi:Kuzatish obyekti Bu tekshirish o’tkaziladigan xodisa va jarayonlar yig’indisi yoki statistik ma’lumotlar qayd qilinadigan aniq chegara miqdori (oralig’i)dir. Kuzatish birligiBu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega bo’lgan birlikdir. Kuzatish birligi bo’lib, aholi ro’yxatida har bir shaxs, korxonalar ro’yxatida har bir korxona hisoblanadi
Kuzatish organi;Kuzatish vaqti va muddati; Kuzatish joyi; Boshqa tashkiliy masalalar. Kuzatish vaqti va muddati - deganda statistik kuzatish qachon (qaysi vaqtda) va necha kunda amalga oshirilishi tushuniladi. Kritik fursat (moment) - bu hodisa va voqealarning ma’lum bir nuqtaga bo’lgan holatidir.
10.Statistik kuzatish turlari va ularning o‘ziga xos jihatlari. Tayanch iboralari: muntazam kuzatish, davriy kuzatish, fursatli kuzatish, yoppasiga kuzatish, qisman kuzatish.
JAVOBI:Davriy kuzatish Ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan kuzatishlar.
Masalan, har o’n yilda o’tkaziladigan aholi ro’yxati, har oylik, choraklik va yillik hisobotlar va boshqalar.
Statistika kuzatish to`plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab 2 turga bo`linadi; Yoppasiga-To’plam birliklarining barchasi kuzatiladi.Masalan, O’zbekistonda 2022 yilda o’tkaziladigan aholi ro’yxati, respublika fuqarolarning barchasi (qaerdaligidan qat’iy nazar) ro’yxatga olinadi.Qisman kuzatish-O’rganilayotgan to’plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi.
11.Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari. Tayanch iboralari: muntazam xatolar, qayd etish xatolari, ataylab yo‘l qo‘yilgan xatolar, arifmetik tekshirish, mantiqiy tekshirish.
JAVOBI:Muntazam xatolar-doimo bir yo’nalishda bo’ladi.Ular oldindan ko’zlangan va oldindan ko’zlanmagan xatolarga bo’linadi.
TASODIFIY XATOLARBu qayd qilish xatolari bo’lib, ular so’roq o’tka-zuvchilar yoki qayd qiluvchilar tomonidan qilinishi mumkin.Arifmetik nazoratda chiqarilgan jamlar, bir-biriga bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar tekshirib ko’riladi.Mantiqiy nazoratda esa javoblar to’g’riligi tahlil qilinadi.
12.Statistik kuzatish xatolarini bartaraf etish usullari. Tayanch iboralari: statistik xisobot, maxsus tashkil etilgan tekshirishlar, kuzatish ob’ektini va birligini aniqlashtirish.
JAVOBI:Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash uchun imkoniyat yaratadi. Hisobot bilan bir qatorda statistikada. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlar keng qo’llaniladi. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarga aholi ro’yxatini misol keltirishimiz mumkin.
13.Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati. Tayanch iboralari: guruhlashning maqsadi, vazifalari, ijtimoiy guruhlar bo‘yicha guruhlash, tipologik guruhlash, analitik guruhlash, strukturaviy guruhlash.
JAVOBI:Statistik guruhlash – o`rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlarga birlashtirishdir.Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma`lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta`minlaydi. Tipologik guruhlash deganda, o`rganilayotgan hodisalar to`plamini sotsialiqtisodiy tiplarga taqsimlash tushuniladi. Analitik guruhlash deb ikki va undan ortiq belgilar orasidagi o`zaro bog`lanishlarni ta`riflovchi guruhlash ataladi.
14.Statistik guruhlash tasnifi va turlari. Tayanch iboralari: guruhlashning maqsadi, vazifalari, ijtimoiy guruhlar bo‘yicha guruhlash, tipologik guruhlash, analitik guruhlash, strukturaviy guruhlash, oddiy guruhlash, murakkab guruhlash, birlamchi guruhlash, ikilamchi guruhlash.
JAVOBI:Statistik guruhlash–o`rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlarga birlashtirishdir. Tipologik guruhlash deganda, o`rganilayotgan hodisalar to`plamini sotsialiqtisodiy tiplarga taqsimlash tushuniladi. Analitik guruhlash deb ikki va undan ortiq belgilar orasidagi o`zaro bog`lanishlarni ta`riflovchi guruhlash ataladi.
15.Miqdoriy belgi bo‘yicha guruhlashni tuzish prinsiplari. Tayanch iboralari: guruhlash belgisini aniqlash, interval uzunligini aniqlash, guruhlarning quyi va yuqori chegaralarini aniqlash.
JAVOBI:Ayrim guruhlar uchun hisoblanadigan umumiy ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishini ta’minlash uchun har bir guruhga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda (5 birlikdan kam bo’lmasligi) bo’lishi kerak, chunki bu holda umumiy ko’rsatkichlarda tasodifiy kuchlar ta’siri o’zaro qirqiladi va qonuniyat, tipik jihat yaxshiroq namoyon bo’ladi.Guruhlar sonini to’g’ri belgilash guruhlash samarali bo’lishi uchun muhim garovdir. Bu masalani ko’pvariantlik qoidaga tayanib yechish eng yaxshi yo’l hisoblanadi.
16.Statistik ko‘rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati. Tayanch iboralari: miqdor, me’yor, iqtisodiy ko‘rsatkich, sifat va miqdorning bog‘liqligi, ob’ekt unsurlari, fazoviy chegaralar, son va o‘lchov birligi.
JAVOBI:Статистик кўрсаткичлар деб маълум макон ва замон шароитида оммавий ҳодиса ва жараёнларнинг ҳолатини, ривожланишини, тузилишини, ўзаро боғланишларини ифодаловчи меъёрлар юритилади.
17. Statistik xisobotning xususiyatlari. Tayanch iboralari: xisobotlarni tuzish va taqdim etish, yoppasiga kuzatish, qisman kuzatish, muntazam tuzish, belgilangan dastur, tartib va muddatda taqdim etish.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin