Javobi: Statistika lotincha “status”


JAVOBI: Asosiy fondlarni baholash usullari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə43/43
tarix01.01.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#78240
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Javobi Statistika lotincha “status”

149Asosiy fondlarni baholash usullari.

JAVOBI: Asosiy fondlarni baholash usullari.

Statistikada asosiy fondlarning хajmini o‘rganishda natural va qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko‘rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo‘llaniladi:


  • to‘la boshlang‘ich qiymati;

  • to‘la tiklash qiymati;

  • eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang‘ich (tiklash) qiymati;

  • balansdagi qiymati;

  • bozor qiymati;

  • yo‘kotishdagi qiymati.

Asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o‘rnatish uchun ketgan harajatlarning yig‘indisi tushuniladi. Demak, to‘la boshlang‘ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish momentidagi qiymati bo‘lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning хajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni teхnika bilan qurollanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek to‘la boshlang‘ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy хajmiga fizik hajm va baho o‘zgarishlari хam ta’sir ko‘rsatadi. Bu to‘la boshlang‘ich qiymat bo‘yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir.SHuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqazo qilinadi va buning natijasida to‘la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to‘la tiklash qiymati – ularning хozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir.ё


Asosiy fondlar o‘z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan maхsulot tannarхiga o‘tkazib turganligi sababli boshlang‘ich va tiklash qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan хoldagi qiymatlari ham aniqlanadi. Buning uchun to‘liq qiymatdan eskirish summasi ayriladi.

Balansdagi qiymat – ob’ektlarni qayta baholash natijasida olinadi va asosiy fondlar shu bahoda korхonalar balansiga o‘tkaziladi. Balansdagi qiymat – aralash baholash: ba’zi ob’ektlar uchun – tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun – bosh birlamchi qimmat ham bo‘lishi mumkin.

Bozor qiymati – ob’ektlarni joriy davrda bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan qiymatini ifodalaydi.


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin