Javobi: Statistika lotincha “status”


Milliy hisoblar tizimi qoidalariga asoslanib, moliyaviy aktivlarga taʼrif bering



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə40/43
tarix01.01.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#78240
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Javobi Statistika lotincha “status”

136Milliy hisoblar tizimi qoidalariga asoslanib, moliyaviy aktivlarga taʼrif bering.
JAVOBI:
137Doimiy va mavjud axoli deganda nimani tushunasiz?
JAVOBI:
Doimiy aholi - shu hududda doimiy roʻyxatda turuvchi aholi qatlami hisoblanadi

Mavjud aholi - biron bir hududda hozirda mavjud boʻlgan aholi.


138Asosiy fondlar ishlab chiqarish natijasida necha xil eskiradi?
JAVOBI:
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida sekin-asta yemirilib boradi. Yemirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy asosini tashkil qiladi. Yemirilish jismoniy va ma‘naviy turlarga boʻlinadi. Asosiy fondlarning ma‘naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq elementlarining paydo boʻlishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi natijasida sodir boʻladi. Asosiy fodndlarni fizik va ma‘naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash (almashtirish) zaruriyati tugʻiladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan vaqtlarida korхonalarni ularni sotib olish yoki yaratish boʻyicha хarajatlari qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul mablagʻlari jamgʻarilishi lozim.
139Asosiy fondlar mohiyati va ahamiyati.

JAVOBI: Asosiy fondlar – ishlab chiqarilgan aktivlar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor хizmatlar ko‘rsatish uchun хizmat qiladilar.




140Mexnatga layoqatli axoli deganda nimani tushunasiz va ular necha yoshgacha kabul kilingan.
JAVOBI:
Mehnatga layoqatli aholi – yoshi va sogʻligi boʻyicha mehnat qila oladigan kishilar hisoblanadi. Mavjud boʻlgan qonuniyatga asosan bizning mamlakatimizda mehnatga layoqatli yosh: erkaklar uchun 16 dan 59 yosh va ayollar uchun 16 dan 54 yoshgacha hisoblanadi. SHu yoshdagi kishilar sogʻligi boʻyicha: mehnatga layoqatli va layoqatsiz guruhlarga ajratiladi. Layoqatsiz guruhga ishlamayotgan I va II guruh nogironlar, shuningdek mehnat yoshida boʻlib, ishlamayotgan nafaqaхoʻrlar
141Asosiy fondlarni baholash turlari.
JAVOBI:Statistikada asosiy fondlarning хajmini oʻrganishda natural va qiymat koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat koʻrinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qoʻllaniladi:
- toʻla boshlangʻich qiymati;
- toʻla tiklash qiymati;
- eskirishni hisobga olgan holdagi boshlangʻich (tiklash) qiymati;
- balansdagi qiymati;
- bozor qiymati;
- yoʻqotishdagi qiymati.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin