20. Kasbiy anamnez yig`ish Kasb kasalliklarini aniqlashda quyidagi diagnostik tamoyillarga amal
qilish zarur bo ‘ladi:
1. Bemorning kasbini to ‘la tahlil qilish va mehnat faoliyati jarayonida xodimga zararli omillarning nechogii ta’sir ko'rsatishini, ularning ta’sir qilish muddati, shuningdek, ilgari boshdan kechirilgan umumiy yoki kasbga aloqador kasalliklami aniqlash kerak.
2. Bemor bajaradigan ishning ta ’rifi va mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyenik tavsifi bilan tanishish lozim. Bemordan olingan ma ‘lumotlar rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan bo ‘lishi kerak.
3. Kasallikning klinik ko'rinishida shu kasb kasalligiga xos bo ‘lgan klinik, biokimyoviy, rentgeno-morfologik belgilar majmuini aniqlash (masalan, simob va qo'rg'oshin ta ’siridan surunkali zaharlanishga va pnevmokoniozga sabab bo'lgan belgilar va b.).
4. Kasallikning rivojlanishiga sabab bo'lgan kimyoviy moddalar va ularning derivatlarini, biologik suyuqliklarda bor-yo‘qligini va miqdorini aniqlash (simob, qo'rg'oshin, pestitsidlar va ularnming organizmda hosil qilgan birikmalarini qonda va siydikda aniqlash va h.k.).
5. Mazkur kasb kasalligida kuzatiladigan, lekin umumiy kasalliklarda ham uchrab turadigan nospetsifik klinik belgilarni hisobga olish va taqqoslash, tashxis o'tkazish (masalan, qo'rg'oshin va organik moddalar ta ’siridan kelib chiqqan kasalliklarga aloqador kamqonlik alomatlari va b.).
6. Ayrim kimyoviy moddalarga nisbatan organizmning o'ziga xos reaktivligini teri, intranazal, bronxial sinamalar o'tkazish yo'li bilan aniqlash.
7. Patologik jarayonning dinamik rivojlanishini o'rganish, ya’ni zararli omilning ta’siri to'xtatilgandan keyin g'ayritabiiy jarayonning yo'qolishi va b.
8. Ish faoliyatida o'tkaziladigan tibbiy davriy ko'riklar xulosalarini o ‘rganish, uni hisobga olish, patologik jarayonni o'rganish katta ahamiyatga ega.
9. Ma ‘lum bir kasbdagi ishchilar orasidagi bir xil o ‘tkir yoki surunkali kasb kasalligi bor-yo'qligini aniqlash va h.k.