11. Umumiy vibratsiya ta`siridan rivojlangan vibratsiya kasalligi.
Umumiy vibratsiya kelib chiqish manbalariga muvofiq quyidagi belgilar
bilan tasniflanadi.
1. Birinchi toifali um um iy vibratsiya - transportli vibratsiya bo'lib,
unda ish joyida o'zi yurar va pritsepli mashinalar orqali harakatlanishda
hosil bo'lgan vibratsiyaning odamga ta’siri tushuniladi. Transportli
vibratsiyaning manbalariga traktorlar, qishloq xo'jaligi va sanoatdagi
o'zi yurar mashinalar (kombaynlar. og'ir yuk avtomobillari, buldozerlar,
avto greyderlar) va boshqalar kiradi.
2. Ikkinchi toifali um um iy vibratsiya - transportli-texnologik vibratsiya
ishlab chiqarish korxonalarida maxsus tayyorlangan sathda
harakatlanuvchi mashinalar (ekskavatorlar, kranlar, kombaynlar, yuk
mashinalari va h. k.)ning ta’siri bilan xarakterlanadi.
3. Uchinchi toifali um um iy vibratsiya - texnologik vibratsiya ish joyidagi statsionar mashinalar yoki vibratsiya manbasiga aloqasi yo‘q ish joyi orqali odamga vibratsiyaning ta ’sir etishi bilan xarakterlanadi.
Texnologik vibratsiyaning m anbalariga temirga, yog'ochga ishlov beruvchi stanoklar, temir presslash anjomlari, elektrik va quyish mashinalari, nasos agregatlari, quvur qazish va boshqa uskunalar kiradi. Umumiy vibratsiya chastota spektriga muvofiq, past chastotali umumiy vibratsiya (1-4 Gs), o'rta chastotali (8-16 Gs) va yuqori chastotali umumiy vibratsiya (31,5-63 Gs) larga bo‘linadi.
Vaqt ta’rifiga muvofiq, umumiy vibratsiya quyidagilarga ajratiladi:
- doimiy: vibratsiya tezligi yoki tezlanish 1 minutdan kam bo‘lmagan vaqt ichida kuzatilganda, 2 martadan ortiq o‘zgarmaydigan (6 dB dan ko‘p boimagan);
- beqaror vibratsiya: (o‘zgaruvchan, uzilib turuvchi, impulsli): vaqt ichida kuzatilganda, vibratsiya tezligi yoki tezlanish 2 martadan kam bo‘lmagan darajada o'zgaradi (6 dB kam boimagan)
13 Tebranish kasalligi diagnostika
Vibratsiya kasalligining boshiang'ich belgilari (I darajasi):
1) q o ilarn in g periferik angiodistoniya sindromi, kam dan-kam
angiospazmlar bilan;
2) qo'llaming vegeto-sensor polinevropatiya sindromi, yengil vegetativtrofik o'zgarishlar bilan.
II. Vibratsiya kasalligining o'rtacha ifodalangan darajasi (II darajasi):
1) qo'llaming periferik angiodistoniya sindromi, tez-tez kuzatiladigan
akroangiospazmlar bilan.
2) qo'llaming vegeto-sensor polinevropatiya sindromi:
a) tez-tez takrorlanuvchi akroangiospazm va angiodistoniya sindromi
bilan birga;
b) kaft va barmoqlarda yaqqol vegeto-trofik o'zgarishlar bilan birga
qo‘llarning tayanch-harakati apparatining degenerativ-distrofik
o'zgarishlari bilan birga (miofibroz, periartroz, osteodistrofik artroz,
aseptik nekroz. osteoporoz, kistalarning paydo bo'lishi);
e) bo'yin-yelka pleksopatiyasi bilan birga;
f) serebral angiodistoniya sindromi.
III. Vibratsiya kasalligining yaqqol ifodalangan turi (III darajasi):
1) serebral-periferik angiodistoniya sindromi tarqalgan angiospazmlar bilan;
2) qo'llaming sensomotor polinevropatiya sindromi;
3) ensefalopolinevropatiya sindromi.
Boshiang'ich (I) darajadagi tebranish kasalligi asosan ikki xil sindrom
bilan xarakterlanadi:
a) qo'llaming periferik angiodistoniyasi;
b) vegeto-sensor polinevropatiya sindromlari
Dostları ilə paylaş: |