Jaxolatga qarshi ma’rifat Globallashuv jarayoni va uning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri


MA’NAVIY TAHDIDLAR VA MISSIONERLIK



Yüklə 35,22 Kb.
səhifə2/3
tarix24.09.2023
ölçüsü35,22 Kb.
#148008
1   2   3
Jaxolatga qarshi ma

MA’NAVIY TAHDIDLAR VA MISSIONERLIK
Keyingi yillarda yurtdoshlarimizni buzg‘unchilik, qo‘poruvchilik, soxta tariqatchilik, missionerlik singari guruhlar fitnasidan ogohlantirish niyatida bir qancha kitoblar chop qilinmoqda. Bu asarlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
2011 yili “Movarounnahr” nashriyotida tayyorlangan «Ma’naviy tahdidlar: missionerlik va prozelitizm (mohiyati, kelib chiqishi, shakllari, muammolar)» kitobining ham bu boradagi ahamiyati katta. Kitob O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar taraqqiyotini muvofiqlashtirish qo‘mitasining granti asosida chop etilgan. Uni Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori o‘rinbosari, falsafa fanlari doktori Baxtiyor To‘raev boshchiligida ijodiy guruh, ushbu sohaning etuk mutaxassislari tayyorlashgan.
Asar ommabop tilda yozilgan, unga ko‘p kitobxonlarni qiziqtirgan ma’lumotlar jamlangan. Birinchi bobda mamlakatimizda davlat va din munosabatlari borasida olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlarning mohiyati hamda diniy ma’rifatni yuksaltirish sohasida erishilayotgan yutuqlar va diniy siyosatning huquqiy asoslari tahlil etilgan. Ushbu bobning keyingi qismida diniy qadriyatlar ma’naviyatimizning ajralmas bo‘lagi ekani, unga qarshi qaratilgan tahdidlar batafsil ta’riflab berilgan.
Navbatdagi bobda ma’naviy hujumlarning turlari, shakllari va uning asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar o‘ziga xos tarzda ilmiy tasnif qilingan. Jumladan, bunday keltiriladi: “Buzg‘unchilar, missionerlar ...jamiyat hayotining barcha jabhalariga putur etkazishi, jamiyat boshqaruvida tartibsizlik va parokandalikni vujudga keltirishi, ijtimoiy kuchlarni bir-biriga qarama-qarshi guruhlarga ajratib tashlashi, ijtimoiy qatlamlar, millatlar, dinlar va konfessiyalararo ziddiyatlarni tug‘dirishi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini butunlay izdan chiqarishi mumkin”. SHu bobning ikkinchi qismida ma’naviy tahdidlarning alohida bir turi – missionerlik va prozelitizm haqida ham ma’lumot beriladi. Bobning uchinchi qismida esa missionerlikning vujudga kelishi, rivojlanish tarixi hamda ularning O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi faoliyati tahlil qilingan.
Missionerlikning targ‘ibot vositalari, usullarini yoritishga bag‘ishlangan bobda ularning ta’sir etish usullari, qo‘llanmasi, moliyaviy manbalari, targ‘ibot yo‘nalishlari, salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar keltirilib, ularga qarshi kurash borasidagi muammolar tahlil qilingan.
Missionerlikka qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy asoslari batafsil yoritilgan bobda yoshlarni ularning changalidan asrashda siyosiy madaniyatning o‘rni, missionerlarning e’tiqod erkinligi asoslarini qanday buzayotgani haqida asosli dalillar keltirilgan. Bundan tashqari, missionerlikka qarshi kurashda mahalla, davlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni ham to‘g‘ri ko‘rsatib berilgan. Ushbu bobda asosli ta’kidlanganidek: “...insonning fikrlash, vijdon, din va e’tiqod erkinligi huquqini rag‘batlantirish, himoya qilish hamda din va e’tiqod asosidagi nafrat, toqatsizlik va kamsitishlarning barcha shakllariga qarshi sa’y-harakatlarni kuchaytirish lozim”. Bu bobda keltirilgan ma’lumotlar ham targ‘ibotchilarimiz uchun katta yordam beradi, deb o‘ylaymiz.
Kitobni missionerlik tahdidiga qarshi kurashda asqotadigan amaliy tajribalar haqidagi, globallashuv sharoitida missionerlikka qarshi kurashda zamonaviy axborot-texnologiya yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlariga doir amaliy tavsiyalar bilan yanada boyitish ham mumkin edi. Kitob oxirida matnda uchraydigan ayrim ilmiy atamalarning ma’nolarini qisqa va ommabop izohlovchi lug‘at berilsa, yanada qiziqarliroq bo‘lardi. Ammo uning hajmi va adadi cheklangani bunga imkon bermagan ko‘rinadi. Bu kitob respublikamiz kutubxonalari, ma’naviyat va ma’rifat markazlari, mahallalar va o‘quv yurtlaridan kengroq joy olsa, yaxshi bo‘lardi. SHu sababli uni muayyan darajada qayta ishlab, yanada kengaytirib nashr etish maqsadga muvofiqdir.
Tinchlikni saqlash, vijdon erkinligi, inson huquqlarini ta’minlash uchun millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni asrashimiz kerak. “Ma’naviy tahdidlar: missionerlik va prozelitizm (kelib chiqish shakllari, muammolar)” kitobi bu borada har jihatdan foydali bo‘lishi shubhasiz.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishib o‘zining barqaror rivojlanish yo‘lida davom etar ekan, bu yo‘lda davlatimiz tomonidan bugungi kunga qadar erishgan bir qator yutuqlarimizni ko‘ra olmaydigan, taraqqiyotimizga xasad bilan qaraydigan kuchlar mavjud. Bunday g‘araz niyatli kuchlar yaxshi biladilarki, bizning mamlakatimizni hech qachon harbiy yo‘l bilan egallay olmaydilar. SHu sabali ham ular ta’sir o‘tkazishning turli yo‘llarini izlab topishmoqda va globallashuv davrida g‘oyaviy ta’sir etuvchi usullardan foydalanishga urinayotganliklari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa bunday ta’sirlardan biri bo‘lmish “ommaviy madaniyat” tahdidi ma’naviy boyliklarimizning qadrsizlanishi, milliy madaniyatimizning oyoq osti bo‘lishi, vaqtinchalik huzur-xalovat, ko‘ngil ochishlar deb yoshlarimiz o‘z kelajaklaridan maxrum bo‘lishlariga va oxir- oqibat tanazzulga tushishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.
Bu borada «Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch» nomli asarining alohida bir bobi ham «Ma’naviyatga tahdid – o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid» deb nomlanib unda globallashuv jarayoni, uning mazmun-mohiyati, ijobiy va salbiy jihatlari, xususan, bugungi kunda mafkuraviy ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida ayrim siyosiy kuchlar mafkurasiga xizmat qilayotgani, ushbu jarayon orqali milliy qadriyatlarimizga yot g‘oya va qarashlar yopirilib kirayotgani va ular ertaga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi bayon etilgan.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin. Bu borada kompyuter, uyali telefon, parabolik antenna, elektron pochta, internet orqali ma’naviyatimizning qadimiy ildizlari, noyob va betakror namunalari va boy ma’naviy fazilatlarimizga ma’naviy tahdid solayotganini globallashuvning salbiy tomoni deyish mumkin.Bu borada globallashuvning salbiy oqibati sifatida yoshlarimizning oriyat, hayo, ibo, uyat kabi ezgu insoniy fazilatlariga ma’naviy tahdid solish orqali ularda axloqsizlik, behayolikni targ‘ib etish nazarda tutilgan, shuningdek, buning zamirida g‘animlarimiz tomonidan moddiy boylik orttirish ham ko‘zda tutilgan. O‘rni kelganda shuni xam alohida ta’kidlash joizki, jamiyatdagi barqarorlikni, muvozanatni axloqiy me’yorlar, ma’naviy qadriyatlar orqaligina ta’minlash mumkin.Shu bois mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga, milliy qadriyatlar va tarixni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sababi mustaqil taraqqiyot yo‘li hech bir mamlakatda ravon va bir tekisda kechmagan. Dunyoda yosh davlatlarning erkini cheklashga qaratilgan, uni arosatda saqlashni ko‘zda tutuvchi mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari avj olmoqda. SHubhasiz, ana shunday jarayonlarda ma’naviy tarbiya masalasi o‘ta muhim o‘rin tutadi va yoshlarimizga ma’naviy tarbiya bermay turib yuksak jamiyat ham, huquqiy davlat ham qurib bo‘lmaydi.«Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch» asarida “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin” deb ta’kidlaydi.
Mamlakatimizda bugungi kunda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlar davom etmoqda. Yoshlarimiz mazkur islohotlarning mazmun-mohiyatini teran anglab etsa, kechayotgan jarayonlarda faol ishtirok etsa, shubhasiz, davlat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida ko‘zlangan maqsadga tezroq erishiladi.

Yüklə 35,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin