Jihatlari reja: Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish


Psixologik trening o’tkazishning umumiy qoidalari



Yüklə 77,87 Kb.
səhifə5/6
tarix15.05.2022
ölçüsü77,87 Kb.
#58083
1   2   3   4   5   6
3-мавзу

Psixologik trening o’tkazishning umumiy qoidalari.

  1. Barcha qatnashchilar doira bo’lib o’tirishlari kerak;

  2. Qatnashchilar soni 15 tadan ortmasligi shart.

  3. Psixolog qatnashchilar bilan birga trening barcha topshiriklarini bajarishi shart.

  4. Qatnashchilaming har biri hamma mashg’ulotlarda qatnahish lozim.

  5. Treningni boshqaruvchi mashg’ulotlarini mahorat bilan boshqarish kerak ya'ni kishining mijozning shaxsiyatiga tegadigan, uyaltiradigan vaziyatlardan kochish va har bir mijozning fikrini ma'qullash va uni rag’batlantirib turishi kerak.

  6. Boshqaruvchi qo’yilgan muammolarini qatnashuvchilarning o’zlari xal qilishlari uchun qulay haroit yaratish kerak.

  7. Mashg’ulot davomida qatnashchilarda o’z taassurotlarini yozib borishi uchun kundalik tutishga ruxsat etiladi.

  8. Har bir qatnashchi albatta har bir mashq davomida bildirishi lozim.

  9. Hamma boshqalarni diqqat -e'tibor bilan tinglashi kerak.

  10. Hamma qatnashchilar ro’y-rost samimiy va ichidagi gapni gapirishi

shart.

  1. Qatnashchining biron-bir nuqsoniga e'tibor bermasligi kerak.

  2. Trening borishi jarayonida hech kimga hech qanday maslahat berish mumkin emas.

  3. Trening jarayonida bemalol ‘bu erda’ va ‘hozir’ kabi so’zlarni ishlatish shart .

  4. Boshqaruvchi har bir mashg’ulot oxirida yakun yasab qatnashchilardan qanaqa yoki qanday yangilik olganlarini ularda qanday o’zgarish bo’lganini so’rashi kerak.

  5. Boshqaruvchi albatta uyga vazifa berishi va bajarilishini nazorat qilishi kerak.

Treningni muvaffiqiyatli o’tkazish uchun va uning sermahsulligi boshqaruvchi bilan qatnashchilar o’rtasida o’zaro bir-birini tushunish darajasiga bog’liq. Treningni uyushtirishda quyidagi qiyin narsalarni nazarda tutish maqsadga muvofiq:

  1. Har kim o’zining shaxsiy ichki siqiqligini engish va barcha ishtirokchilarning ko’zlariga to’g’ridan to'g’ri qarash.

  2. Trening davomida yaxshi qulay vaziyat yaratish.

V)Treningning muvaffiqiyati boshqaruvchidan katta psixik intellektual va tashkiliy kuch sarflashni talab qilish.

S)Mashg’ulotni katta, keng, yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo’lgan xonada o’tkazish lozim va qulay rohatbaxsh etadigan ko’ngil ochadigan muloyim derazalarga nafis pardalar bo’lishi kerak.



  1. Har bir ishtirokchi o’yinini tayyorgarliksiz bajarish shart.

  2. Trening boshlashda avval o’zining chaqiruv ya'ni karton qogozlari yozish kerak va berish kerak.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan talablarga rioya qilmasdan turib, aslo o'ynovchi guruh hosil qilib bo'lmaydi. Va bunga trening ijobiy ta'sir ko'rsata olmaydi ham. Har bir ishtirokchi o'zining o'yinga va o'yin yuzasidan ruhiy jihatdan tayyorlamog'i va improzatsiya qilishga (tayyorgarliksiz bajarishga) tayyorlashi darkor.

Guruh ishtirokchilarining rasmiy mavqei, ma’lumoti, kasbiy mansubligi va milliy va diniy mansublik.Treningning asosiy maqsadi shaxsni psixologik, ya’ni ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etish, o’z guruhi va undan tashqari munosabatga kirishish va aloqa o’rnata olishni shakllantirishdan iboratdir.

Ma’lumki, yangilik doim ayrim qiyinchiliklar yoki kishilar ongidagi to’siqlardan o’tib, hayotda o’z aksini topadi. Ijtimoiy psixologik treningning shaxs tarbiyasi, madaniyati va texnikasining vujudga kelishi ham muhim ahamiyatga ega. Lekin bunga o’xshash texnologiyalar insoniy munosabatlar sohasida yangi bo’lib, ularni keng amaliyotda joriy etishda xalqning psixologiyasi, uning ming yillar davomida shakllanib, ongi va xotirasida saqlanib, mustahkam o’rnashib ketgan an’anlar, rasm-rusumlar va odatlar qatorida o’z o’nini topishiga aloqador mahalliy hamda milliy o’ziga xoslikni hisobga olish zarur.

O’zbek xalqi va O’zbekistonda yashayotgan boshqa millat vakillarida asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan muomala madaniyati, odob-axloqqa aloqador fazilatlar va qadriyatlar borki, ular dunyo sivilizatsiyasi doirasida juda yuqori baholanib kelinmoqda. Lekin anashu olijanob insoniy fazilatlarda ayrim jihatlar borki, ular aynan psixologik treningni tashkil etish va o’tkazishda o’ziga xos xususuyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’zgalar fikrini tushunishga erishish, shaxs, yoshi va hayotiy tajribasini, jamiyatdagi obro’ etiborini har qanday sharoitda ham hisobga olish, tanqid yoki o’z-o’zini tanqid qilishda yuz xotirlik fazilatlari, o’z hissiy kechinmalarini o’zgalar oldida ochiq oydin izhor qilmaslik, Yevropa mamalakatlari standartlari bo’yich ijtimoiy psixologik treningni tashkil qilish va o’tkazishga monelik qilishi mumkin.

Xalqning, ayniqsa, yoshlarning yangiliklarga intiluvchanligi, yangi innovatsion texnologiyalar, xorijiy tillarni o’rganishga intiluvchanligi va bu boradagi yoshlar iqtidorini hisobga oladigan bo’lsak, ularda jahon talablari darajasida treninglarni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida, shuningdek, ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirish, faollikni oshirish borasida har qanday vaziyat yoki omil doirasida etnopsixologik va hududiy o’ziga xosliklarni hisobga olib, mashg’ulotlarni tashkil etilishi va o’tkazilishi foydadan holi bo’lmaydi.

Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning hududiy va milliy jihatlarini hisobga olib tashkil qilishda quyidagi tamonlarga e’tibor qaratish mumkin:

Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning qaysi toifali kishilarga mo’ljallanganligiga qarab tahlil qilish kerak. Masalan, ayrim psixodramatik o’yinlarda kattalar va kichiklar, erkaklar va ayollar, xattoki, turli kasb egalari va nasab vakillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin bizning sharoitimizda agar katta yoshlilar bilan yoshlarni, mansabdorlar bilan oddiy fuqarolarni, erkaklar bilan ayollarni qo’shib trening o’tkazish rejalashtirilsa, u o’zining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Tajribalardan shu narsa ayon bo’ladiki, treningni boshlashdagi kirish qismida ishtirokchilar o’rtasidagi psixoemotsional tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli auditoriyalarda juda qiyinchilik bilan kechadi. Yoki boshliq bilan xodim birga bo’lgan hyollarda,odatda rollar almashinuvi mavjud bo’lib, ular sun'iy ravishda o’zgartirilganda ham, ular xulqida tortinchoqlik, xavotirlanish, ko'nglidagi bor gaplarni ayta olmasliklarni uchratish mumkin. Shuning uchun qisqa vaqt oralig’ida o’tkazilgan treninglarda guruh a'zolarini yuqorida keltirib otilgan o’ziga mos toifalarga qo’shish jonliroq, samaraliroq muloqotlarga sabab bo’ladi.

Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash xududi ham hisobga olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq ishchilar shaharchasi vakili bilan dehqonlar o’rtasidagi muloqotlardan tez samara olish ham oson emas. Xattoki, bunday toifali insonlar ‘tiliga’ xos jihxatlar ham mavjudki, ular muloqot paytida qiyinchiliklar va ruhiy anglashilmovchiliklarni keltirib chiqaradi.

Uchinchidan, o’yin usullarini T-guruhlarda qo’llashda ham kutilgan natijaga erishish uchun milliy qadriyatlar, milliy ta'b va did hisobga olinishi kerak. Kattalar guruhida o’yinni tashkil etish uchun guruh ishtirokchilarini ko’proq psixoemotsional qo’nikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada yaxshi tanib olishlariga sharoitlar yaratish zarur. Chunki bizning xalqimizda begonalar oldida o’z hissiyotlarini yashirish, tortinchoqlik istihola qilish sifatlari borki, shu sababli odam sun'iy o’yin sharoitiga ko’nikish uchun ma'lum vaqt talab qilinadi.

To’rtinchidan, kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, masalan, qizlar guruhi alohida o’yin sharoitiga qo’yilganda, bemalol, emotsional jihatdan boy treninglar ko’rsatadilar, unda ular ham erkak ham ayol, ham katta, ham kichik rollariga bemalol kira oladilar. Yigitlaming sof guruhida ham ikkala rolni uddalash hollari kuzatiladi. Lekin aralash guruhlar sharoitida bunday samaraga erishish uchun ko’proq vaqt, psixologik-pedogogik mahorat va qaytarishlar talab qilinadi. Shuning uchun ham O’zbekiston sharoitida ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishga juda puxta tayyorgarlik ko’rish, guruhlarni shakllantirishda yosh, jins va mavqeiga bog’liq jihatlarni hisobga olish, mashqlantirishni (trenirovkalarni) ma'lum ma'noda o’zroq muddatli qilib tashkil etishga e'tibor berish zarur. Ayniqsa, bu o’rinda boshlovchi-trener shaxsiga beriladigan e'tibor katta. Chunki, agar u ko’proq tashabbuskorlik qilib, o’z ‘eruditsiyasini’ namoyon qilib qo’ysa, munozara qisqa bo’lishi, yoki tajribasizligi ayon bo’lib qolsa ham muloqot samarasiz yakunlanishi mumkin. Shuning uchun ham jiddiy tayorgarlikdan o’tgan, trening tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassis bo’lishi maqsadga muvofiq u nafaqat ayrim shaxslar va guruhlar psixologiyasini, balki milliy psixologiyani maxsus ravishda o’rgangan, o’ta kuzatuvchan va bilimdon shaxs bo’lishi zarur.

O’zbekistonda mavjud bo’lgan psixologlar tayyorlovchi oliygoh ham o’z dasturlari doirasida ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e'tiborni qaratmoqlari, psixologiya oliygohlari va boshqa yo’nalishdagi o’quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik trenerning o’sha ixtisoslikka aloqador mashqlarini o’quv dasturlariga kiritish lozim. Faqat shundagina, biz sinfga kirib o’quvchilardan cho’chimaydigan, balki ular faoliyatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil eta oladigan bilimdon o’qituvchilarni, o’z jamoasidagi har bir a'zo bilan, boshliq yoki bo’ysunuvchi xodim (tobe odamlar) bilan to’g’ri munosabatlar o’rnata oladigan ziyoli shaxslarni ijtimoiy faoliyatning turli sohalariga oldindan qisman tayyorlagan bo’lamiz. Shu narsani yana hisobga olish lozimki, IPTlar mehnat jamoalaridagi ijtimoiy xodimlar - psixolog, sotsiolog va boshqalarning ham odatiy ishlaridan biriga aylanishi, joylardagi mutaxassislarni psixologik korreksiya qilishda treninglardan unumli foydalanish kerak. Ana shundagina, mamlakatimizda demokratik jarayonlarga odamlarni va yaxlit guruhlarni tayyorlash ishi yanada jadallashadi va sharqona demokratik tamoyillar har bir shaxsning ongi (shuuri)ga aylanadi.

5.Ishtirokchilaming individual-psixologik xususiyatlari va trening mashg‘ulotlarining reja va dasturi. Trener mashg’ulot mavzusi va echim topishi mumkin bo’lgan muammo haqida tushuncha berib, guruh motivatsiyasini aniqlash uchun har bir ishtirokchi bilan individual suhbat olib borishi maqsadga muvofiqdir. Suhbatda trener asosan quyidagi savollar bilah ishtirokchilarga murojaat qiladi.

Trener mashg’ulotidan nimalar kutyapsiz? Mashg’ulotga o’z xohshingiz bilan keldingizmi? Tanlangan mavzu sizga ma’qulmi?

Mashg’ulot o’tkazish jarayonida ba’zi bir masalalarga aniqlik kiritish maqsadida ishtirokchilarning qiziqishlari, xarakter va temperament sifatlarini aniqlashga yo’naltirilgan psixodiagnostik metodlarni ham o’tkazishi maqsadga muvofiqdir. Trening mashg’uloti davomida trener quyidagi bosqichlarga e’tibot qaratishi lozim.

Trening jarayonida birinchi bosqich- guruhiy qoidalarni ishlab chiqish bosqichi bo’lib, bu bosqichda ishtirokchilar bilan trening qoidalariga rioya qilish va har bir a’zonng bildirgan fikrlarini e’tiborga olish muhim. Bu qoidalarga rioya qilish treningni samarali chiqishini ya’ni maqsadga erishishi va qulay psixologik muhitning yaratilishi uchun muhim ahamiyatga ega.

Ko'pgina o'quv treninglarida ushbu bosqich o'qituvchi tomonidan tayyorlangan va taqdim etilgan tegishli rivojlanish mashqlarining bajarilishi bilan tavsiflanadi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, ishtirokchilar treningda kiritilgan o'zgarishlarning zarurligi va foydaliligiga ishonchsiz bolsa, ularni uzoq vaqt treningda ushlab turishi dargumon. Shu sababli, o'qituvchidan trening ishtirokchilari olgan barcha o'zgarishlar va yutuqlarning kognitiv qo'llab- quvvatlashi haqida g'amxo'rlik qilish kerak.

Treningni tayyorlashga ikki xil yondashuvni ajratish mumkin. Bir variantda, trening modeli dastlab ishlab chiqilayotgan muammolarning xususiyatlariga muvofiq belgilanadi, dastur ishlab chiqiladi va buning uchun tegishli guruh jalb qilinadi. Ijtimoiy psixologik treningda, qoida tariqasida, dastur atroflicha tuzilgan va aniq yo'naltirilgan (masalan, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlar, shaxsiy o'sish bo'yicha mashg'ulotlar, ahillikka o'rgatish va h.k.), bu psixologdan ishlab chiqilayotgan sohaning o'ziga xos jihatlari va muammolarini hal etishda malakasini oshirishni talab qiladi.

Boshqa bir variantda, avval mavjud bo'lgan ijtimoiy yoki professional guruhning muammolari aniqlanadi va ularga muvofiq tegishli treninglar rejalashtirilgan va tashkillashtirilgan. Bunday holda, trening tashkilotining algoritmi quyidagicha bo'lishi mumkin.

Yo’llanma;

Ko'rsatilgan muammo bilan ishlash. U muammoning ta'rifi va uning sabablarini qidirishni, shuningdek, ushbu masala bo'yicha ma’lumotlarni tahlil qilishni o'z ichiga oladi:


  1. Trening ishtirokchilarining shaxsiy, demografik va boshqa xususiyatlari, ularning soni va boshqalar bilan tanishish;

  2. Ushbu muammoni hal qilish uchun trening shaklini qo'llash imkoniyati va muvaffaqiyatini aniqlash;

  3. Maqsadni va kutilgan natijani aniqlash va muvofiqlashtirish (biz mashg'ulot natijasida nimalarga erishamiz kabi farazlarni keltirish);

  4. Vazifalar bayoni;

  5. Ushbu treningda ishlatiladigan eng samarali uslubiy vositalarni aniqlash;

  6. Trening mashg'ulotlarini tashkil etish shaklini aniqlash;

  7. Trening dasturini rejalashtirish;

  8. Dars rejasini tuzish.


Yüklə 77,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin