Йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси


Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə3/9
tarix26.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#197291
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi va natijalari

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash:

  • fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko'rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo'lish holatlariga yo'l qo'yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko'rish;
  • sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash;
  • fuqarolarining hususiy mulkka bo'lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
  • fuqarolarning Odil sudlovga to'sqinliksiz erishishini ta'minlash;

  • - sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish

2.3. Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish:

  • jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish;
  • odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik sud ish yurituvining prosessual asoslarini takomillashtirish;
  • jinoyat, fuqarolik va xo'jalik ishlarini ko'rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir birini takrorlovchi vakolat va instantsiyalarni qisqartirish;
  • elektron sud ish yurituvi va ijro ishi yurituvining zamonaviy shakl va usullarini joriy etish

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish :


- jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
  • diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;

  • -korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
  • aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi chora- tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin