Jinoyatga tayyorgarlik ko’rish reja : 1 Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi va uning turlari



Yüklə 20,13 Kb.
səhifə4/4
tarix06.06.2023
ölçüsü20,13 Kb.
#125832
1   2   3   4
JINOYATGA TAYYORGARLIK KO

Jinoyat quroli deganda amaliyotda ham, nazariyada ham be-vosita uning yordamida jinoyat sodir etiladigan, ya’ni jinoyat obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman amalga oshiruvchi predmet tushuniladi. Bunga o‘qotar qurollar, pichoq, qilich, nayza misol bo‘la oladi. Jinoyatni sodir etish vositasi esa qilmishning sodir etishlishini osonlashtiradi. Masalan, qalbaki hujjat, mol-mulkni talon-taroj qilish vositasi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ayni bir predmet ba’zi bir jinoyatlar uchun qurol, ba’zi bir jinoyatlar uchun vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, jabrlanuvchining mulkini o‘g‘irlash maqsa-dida unga uyqu dorini berib uxlatib qo‘yilsa, bu jinoyat sodir etish vositasi bo‘ladi. Ammo shu doridan odam o‘ldirish maqsadida foydalanish ham mumkin. Bunday holatda bu jinoyat sodir etish quroli deb topiladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir etish uchun ishtirokchilarni izlashda ham ifodalanadi. Masalan, kelishuv bitimini tuzish, qo‘rqitish, jinoyatni sodir etishsa, boyib ketishlariga ishon-tirish, jinoiy yo‘l bilan topilgan boylikni bo‘lishishni taklif qilish va hokazolar. Kelishuv bu – kamida ikki kishining jinoyat sodir etishga yoki jinoyat izini yashirishga qaratilgan bitimi. Masalan, bir kishi jinoyat sodir etsa, ikkinchisi jinoyat izlarini yo‘qotadi. Kelishuv ikki xil: jinoyat sodir etishga yoki uni yashirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan qilmishlarni yo‘na-lishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi qilmishlar. 2. Jinoyatni yashirishga qaratilgan qilmishlar. Jinoyat sodir etishga sharoit yaratuvchi harakatlarga: jinoyat qurolini qidirish, tayyorlash, moslash, kelishish va boshqalarni kiritish mumkin. Jinoyat sodir etish quroli yoki vositalarini qidirish qonuniy yo‘l bilan (o‘t qo‘yish maqsadida benzin sotib olish), shuningdek, g‘ayriqonuniy yo‘l bilan (o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘qotar qurolni egallash) amalga oshirilishi mumkin. Qurol yoki vositalarni jinoyat sodir etishga moslashtirish – biron-bir predmetga muayyan shakl berish, qayta ishlash kabi haraktlardan iboratdir. Jinoyat sodir qilish yoki uni yashirishga qaratilgan harakatlar ko‘p bo‘lib, ularning barchasini bir vaqtnining o‘zida ko‘rib chiqish mumkin emas, shuning uchun qonun chiqaruvchi qonunda uning umumlashgan shaklini qo‘llaydi. Subyektiv tomondan tayyorgarlik ko‘rish faqat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan jinoyatlarga tay-yorgarlik ko‘rish mumkin emas. Tayyorgarlik ongli ravishda amalga oshirilgan maqsadli harakat bo‘lib, bu bosqichda jinoyatni sodir etishga bo‘lgan qasd amalga osha boshlaydi. Shaxs o‘z harakati bilan jinoyatni sodir etishga yoki uni yashirishga tayyorgarlik ko‘rayot-ganini anglaydi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir qilishdan ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishi bilan farq qiladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishni baholashda bu jinoyatni sodir etishning dastlabki bosqichi aybdorga bog‘liq bo‘lmagan holda tugatilganligini hisobga olish lozim. Ko‘pchilik hollarda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan shu bosqichning o‘zida to‘xtatiladi. Ba’zi hollarda shaxs jinoyat sodir etib bo‘lmasligiga, jinoiy harakatni amalga oshirishning imkoni yo‘qligiga (jinoyat sodir etish quroli yoki vositasining yaroqsizligi, ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan bosh tortishi) ishonch hosil qiladi. Jinoyatga tayyorgarlikning aybdorga bog‘liq bo‘lmagan asoslarga ko‘ra uzilib qolganligi tergov organi xodimlari tomonidan isbotlanadi. Obyektiv tomonni bajarishgacha bo‘lgan xatti-harakatning uzilib qolishi, jinoyatni tayyorgarlik bosqichidayoq tugallanganligini aniqlash uni suiqasd qilishdan ajratish imkonini beradi. Aynan jinoiy harakatning jinoyat obyektiv tomonining faktik jihatdan ijro etilgunga qadar uzilib qolishi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilganligini aniqlash uchun asos bo‘ladi. Agar shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida boshqa bir jinoyatni sodir etgan bo‘lsa, bunda uning har bir jinoyati alohida-alohida kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, shaxs bosqinchilik jinoyatini sodir etish uchun qurolga ega bo‘lish maqsadida qurol o‘g‘irlasa, bunda uning jinoyati o‘g‘rilik va bosqinchilik jinoyatiga tayyorgarlik ko‘rish deb topiladi. Jinoyatni tamom bo‘lgan deb topish uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasida nazarda tutilgan aniq bir jinoyatning barcha belgilari (obyekt, obyektiv tomon, sub’yekt, subyektiv tomon) sodir etilgan bo‘lishi lozim. Moddaning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan obyektiv tomonning barcha belgilari va subyektiv tomon (qasd yoki ehtiyotsizlik) to‘liq mavjud bo‘lganda jinoyat tamom bo‘lgan deb topiladi. Jinoyatning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash uchun har bir holatda uning tugallangan vaqtini bilish lozim. Bu jinoyat qonunida belgilangan aniq bir jinoyat tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan oqibat kelib chiqqan bo‘lishi lozim. Ba’zi bir jinoyatlarda uning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash qiyin. Jinoyat belgisini tashkil qiluvchi oqibatning kelib chiqqanligi va aybdorning qasdi ayni shu oqibatni keltirib chiqarishga qaratilganligi e’tiborga olinadi. Agar qasd qilingan oqibatdan boshqa oqibat kelib chiqqan bo‘lsa (masalan, shaxs qasddan odam o‘ldirish maqsadida jinoyat sodir etsa, ammo badanga og‘ir shikast yetkazsa). Bunday holatda jinoyat sodir etishga suiqasd bo‘ladi. Formal tarkibli jinoyatlar uchun esa, jinoiy oqibat yuz bergan yoki yuz bermaganligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida nazarda tutilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, haqorat qilish jinoyatida shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Ba’zi jinoyatlarda oqibatning yuz berishi bilan emas, balki shunday oqibatning yuz berish xavfi ostida qoldirish bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, tanosil yoki OITS kasalligini tarqatish jinoyatida bila turib boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi (Jinoyat kodeksi, 113-modda, 1-qism). Ba’zan qilmishning ijtimoiy xavfliligi yuqoriligiga qarab, jinoiy guruhni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lsa, jinoyat xuddi shu narsa tashkil etilgan vaqtdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, jinoiy uyushma tashkil etish (Jinoyat kodeksi, 242-modda). Bu qil-mish jinoiy uyushma yoki uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rah-barlik qilish, shuningdek, uning mavjud bo‘lishi va ishlab turishiga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi. Jinoyat huquqida bunday jinoyatlar kesik tarkibli jinoyat deb yuritiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish, ya’ni shaxsning o‘z aybiga iqror bo‘lib, jinoyatni fosh etishga yordamlashgan faol xatti-harakatidan farqlay olish lozim: Birinchidan, bu ikki tushuncha bir-biridan yuridik tabiatiga ko‘ra farq qiladi. Ya’ni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda jinoyat-ning ijtimoiy xavflilik, huquqqa xiloflilik va jazoga sazovorlik belgi-lari mavjud emasligi sababli jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi holatlardan biri hisoblanadi. Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa jinoyatning barcha belgilariga ega bo‘lib, quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) jazoni yen-gillashtiruvchi holat (Jinoyat kodeksi, 55-modda, 1qism); b) shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksi, 66-modda); v) shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksi,71-modda). Ikkinchidan, ixtiyoriy qaytish jinoyat tamom bo‘lgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa jinoyat sodir etilganidan keyingi xulq-atvor hisoblanadi. Uchinchidan, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ham passiv, ham aktiv shaklda sodir etilishi mumkin. Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa faqat aktiv harakat orqali sodir etiladi.
Jinoyatni tamom bo‘lgan deb topish uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasida nazarda tutilgan aniq bir jinoyatning barcha belgilari (obyekt, obyektiv tomon, sub’yekt, subyektiv tomon) sodir etilgan bo‘lishi lozim. Moddaning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan obyektiv tomonning barcha belgilari va subyektiv tomon (qasd yoki ehtiyotsizlik) to‘liq mavjud bo‘lganda jinoyat tamom bo‘lgan deb topiladi.

Yüklə 20,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin