Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili



Yüklə 423,5 Kb.
səhifə20/21
tarix05.12.2023
ölçüsü423,5 Kb.
#173160
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

Sub’ektiv tomonidan hokimiyat yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi – qasddan sodir etiladigan jinoyatlardir. Aybdor shaxs uning xizmat vakoaltlaridan foydalanib sodir etgan harakatlari (harakatsizligi) harbiy xizmat manfaatlariga zid kelishini anglab etadi, va aynan shunday ish tutishni istaydi yoki o‘z harakatlarining shunday turda ekanligiga beparvo qaraydi.
JKning 301-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatning sub’ekti mansab-dor shaxs bo‘lgan harbiy xizmatchi bo‘lishi mumkin.
Harbiy mansabdorlik jinoyatlarining sub’ekti harbiy boshliqlar va boshqa mansabdor shaxslar bo‘lishi mumkin. Ichki xizmat Ustaviga binoan boshliqlar xizmat lavozimiga va harbiy unvoniga ko‘ra boshliq bo‘lishi mumkin. Harbiy m ansabdor shaxslarning namunaviy ro‘yxatlari Ichki xizmat ustavida, Intizxomiy ustavda, Garnizon va qorovul xizmatining ustavida, boshqa huquqiy hujjatlarda mavjud bo‘ladi.
Agar hokimiyat yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi o‘rtacha og‘irlikdagi yoki og‘ir tan jarohatlarini etkazish bilan birga sodir etilgan bo‘lsa, aybdor shaxsning harakatlari JK 301-moddasining 2-qismi bo‘yicha malakalanadi.
JKning 301-moddasining 3-qismida
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan o‘sha qilmishlar uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.
JK ning 301-moddasi 3-qismining «b» bandi ma’nosidagi boshqa og‘ir oqibatlar deganda ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazilishi, inson qurbonlari, halokatlar va boshqalar tushunilishi lozim.
Hokimiyat yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilishi, jangovar vaziyatda sodir etilgan hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi mansabdor shaxs bo‘lgan harbiy xizmatchining JK ning 301-moddasi 4-qismi bo‘yicha javobgarlikka tortilishiga olib keladi.



Yüklə 423,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin